Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
219
tavsiflaydi; beshinchidan, dialektik inkor taraqqiyotning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga borishini, bir sifatdan boshqa sifatga o‘tishini tavsiflaydi. Inkorni inkor qonuni ob’ektiv olamning va bilishning turli sohalarida ko‘plab uchraydigan keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan qonundir. Agar arpa yerga ekilsa, u issiqlik va namlik ta’sirida ko‘karadi va undan o‘simlik paydo bo‘ladi. Endilikda arpa (don) o‘zini (o‘zi) inkor etadi. O‘simlik o‘sadi, gullaydi, changlanadi va nihoyat yangidan arpa (don) yetishadi, donlar yetiladi, poyasi quriydi, ya’ni inkor etiladi. Inkorni inkorning natijasi sifatida biz bunda yana avvalgi arpa (don)ni ko‘ramiz, lekin endi bir don emas, bir necha don bo‘lganini ko‘ramiz. Inkorni inkor qonuni jamiyat ma’naviy hayotida ham namoyon bo‘ladi. Falsafada inkorni inkor qonuni birinchi bor Gegel tomonidan ta’riflangan. Uning fikricha, dastlabki bir butun fikr (tezis) bir-biriga zid bo‘lgan ijobiy va salbiy, «ha» va «yo‘q»dan iborat ikki fikrga bo‘linadi. Butunning ikkiga bo‘linishi — antitezis, inkordir. Qarama-qarshi fikrlar kurashi oxirida birikib yangi fikr (sintez, inkorni-inkor) hosil qiladi. Shunday qilib, Gegelning fikricha, sof g‘oya o‘z taraqqiyotida uch bosqichdan o‘tadi: tezis, antitezis va sintez. Gegelning ta’limotiga ko‘ra, nimaiki sof g‘oyaning rivojlanishiga mansub bo‘lsa, u moddiy borliqning hamma narsa va hodisalariga ham mansubdir. Inkorni-inkor qonuni taraqqiyotda vorislik (ilgarilab borish, an’anaviylik) va qaytariluvchanlikning (davriylik, eskiga qaytish kabi) birligini tavsiflaydi. Natijada taraqqiyot to‘g‘ri chiziqli emas, balki «burama» shaklda amalga oshadi. Taraqqiyot jarayonining ilgarilab borish xususiyati eski o‘rniga keladigan yangi doimo yangi bo‘lib qolmasdan, vaqt o‘tishi bilan u ham eskiradi va o‘z navbatida inkor qilinadi degan ma’noni anglatadi. Buning natijasida taraqqiyot jarayoni ikkilanma inkor sifatida ko‘rinadi. Dialektik inkor taraqqiyotni ifodalaydi. Masalan, suv qizdirilganda bug‘ga aylanadi, sovitilganda esa yana suvga aylanadi. Metall qizdirilganda suyuq, sovitilganda esa qattiq holatga o‘tadi. Bu yerda biz bir holatning boshqa holat tomonidan inkor etilishini ko‘ramiz. Lekin bu yerda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling