Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
213
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish masalasiga, o‘z navbatida, qadimgi faylasuflar ham e’tibor berganlar Qadimgi yunon faylasuflarining «yaltiroq bosh» va «g‘aram» nomi bilan, keltirgan misollari ma’lumdir. Suhbatdoshga quyidagi savol beriladi: agar boshdan bir dona soch tolasi yulib olinsa bosh yaltirab qoladimi, agar g‘aramdan bir dona urug‘ olinsa, u g‘aramlik holatini yo‘qotadimi? Natija, “yo‘q” degan javob bo‘ladi. Bu hol bosh yaltiramaguncha, g‘aram esa yo‘q bo‘lmaguncha davom etadi. Qadimgi faylasuflar bu kabi hodisalarni eng umumiy qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi natijasida deb, emas balki sof mantiqiy g‘ayri tabiiylik deb qarar edilar. Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi haqida Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlarida ham ko‘pgina ma’lumotlar mavjuddir. Al-Xorazmiy, al- Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bekning matematika, algebra, astronomiya, geografiya, tibbiyot va boshqa sohalarga oid asarlarida miqdor (son), sifat o‘rtasidagi aloqadorlik va uning hayotiy ahamiyati haqida batafsil tavsiflar berilgan. «Men, — deb yozadi al-Xorazmiy, — arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o‘z ichiga oluvchi «Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqaga kitob»ni tasnif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdo va har qanday bitimlarda va shuningdek, yer o‘lchash, kanallar o‘tkazishda (amaliy) geometriya va boshqa shunga o‘xshash turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir» 1 . Ular fikricha, miqdor va sifat o‘zgarishlarning o‘zaro aloqadorligini nafaqat tabiat va jamiyat hodisalarida, balki ruhlarda ham kuzatish mumkin. «Ruhlar sifatlarining ... o‘zaro qo‘shilishi oqibatida ularning (aqliy) quvvatlari miqdor jihatdan ham tobora ortadi» 2 , - deb yozadi Forobiy. Miqdor o‘zgarishlaridan tub sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni ob’ektiv bo‘lib, real voqelikdagi narsa va hodisalarning o‘ziga xosdir. Olamdagi barcha o‘zgarishlar 1
2 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”, 1993.-165-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling