Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

214
 
asta-sekin sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlardan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishlar 
muayyan chegarada sifatning barqarorligiga (turg‘unligiga) ta’sir etmaydi. 
Miqdor o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buziladi. 
Natijada sifat yo‘qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Bu holni biz kimyo fanida yaqqol 
ko‘rishimiz mumkii. Masalan, ikki atom vodorod bilan bir atom kislorod suvning 
molekulasini tashkil etadi. Agar bu elementlarni boshqacha nisbatda, ya’ni ikki 
atom vodorodni N
2
O ikki atom kislorod bilan biriktirsak, u holda bir yangi narsa — 
vodorod peroksidi hosil qilamiz (N
2
O
2
). 
Taraqqiyot jarayonida miqdor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tish 
bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi. Miqdor 
o‘zgarishlari natijasida vujudga kelgan yangi sifat muayyan vaqtga muvofiq 
keladigan barqarorlikka ega bo‘lib, shu miqdor o‘zgarishlari jarayonini davom 
etishi uchun sharoit yaratib beradi. Bu sifat o‘zgarishlarining miqdor 
o‘zgarishlariga o‘tishidir. 
Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas bog‘langan 
bo‘lishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Chunonchi: 
birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar 
sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miqdor o‘zgarishlar asta-sekin yuz beradi. 
Sifat o‘zgarishlariga o‘tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi; 
ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha predmetga muhim 
ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100°C gacha suyuqlik holatini 
yo‘qotmaydi. Sifat o‘zgarishlari hodisalarni tubdan o‘zgartirib, uni boshqa hodisaga 
aylantirishni taqozo qiladi; 
uchinchidan, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin o‘tadi va ko‘p hollarda 
(muayyan davrgacha) sezilmasdan o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha tez, ayrim 
holatda to‘satdan sodir bo‘ladi; 
to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga qaraganda tub 
o‘zgarishlar hisoblanadi. 
Metafizik usulda fikr yuritadigan faylasuflar miqdor o‘zgarishlar bilan sifat 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling