Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

208
 
ahvol shundaydir»
1

Tabiat va jamiyatda mavjud bo‘lgan ziddiyatlar o‘zining xilma-xilligi bilan 
tavsiflanadi. Dialektik ziddiyatlar ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo‘lmagan, 
antagonistik va noantagonistik, umumiy va xususiy, zaruriy va tasodifiy, 
imkoniylik va haqiqiylik shakllaridan iboratdir. 
Narsa va hodisalarning harakat mohiyatidan kelib chiqadigan ziddiyatlar 
ichki ziddiyat, deb aytiladi. Tashqi ziddiyatlar deb, turli narsa va hodisalar 
o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarga nisbatan aytiladi. 
Ziddiyatlarni ichki va tashqi turlarga bo‘lish nisbiydir, chunki ular bir-biriga 
o‘tib turadi. Ma’lum bir ziddiyat boshqa narsa va hodisaga nisbatan ichki yoki 
boshqa bir munosabatda tashqi ziddiyat bo‘lib qolishi ham mumkin. Dialektika 
ichki va tashqi ziddiyatlarning birligini hisobga olish bilan birga, ularning 
taraqqiyotdagi o‘rniga baho berishda har tomonlama yondashishni talab qiladi. 
Metafiziklar faqat tashqi ziddiyatlarni tan olib, narsa va hodisalarda ichki 
ziddiyatlar mavjudligini inkor etadilar. Ular taraqqiyot manbaini narsa va 
hodisalarning bir-biriga qarama-qarshi to‘qnashuvidan kelib chiqqan tashqi 
ziddiyatdan iborat deb qaraydilar. 
Asosiy ziddiyatlar deganda hodisaning mavjudligi va rivojlanishi, vujudga 
kelishi va yo‘q bo‘lishi yoki yangi sifatning tug‘ilishini o‘z ichiga oladigan, eng 
chuqur mohiyatni ifodalaydigan ziddiyatlar tushuniladi. Asosiy bo‘lmagan 
ziddiyatlar esa, ma’lum bir taraqqiyot bosqichida narsa va hodisalar mohiyatining u 
yoki bu tomonini aks ettirib, uni belgilash yoki o‘zgartirish kuchiga ega bo‘lmagan 
ziddiyatlardir. 
Asosiy va asosiy bo‘lmagan ziddiyatlardan muhim va muhim bo‘lmagan 
ikkinchi darajali ziddiyatlarni 
farqlash 
lozim. Muhim ziddiyatlar deb 
rivojlanishning u yoki bu bosqichining mohiyatini belgilab beradigan ziddiyatlarga 
aytiladi. Hodisalar taraqqiyoti bosqichida muhim va muhim bo‘lmagan ziddiyatlar 
o‘rin almashishi, bir biriga o‘tib turishi mumkin. 

1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”,1993.-133-134-betlar. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling