Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

210
 
oshiriladi. 
Ko‘rinib turibdiki, ziddiyatlarni hal etishning xususiyati va yo‘llarini to‘g‘ri 
tushuna bilishlik amaliy faoliyatimizda to‘g‘ri mo‘ljal olishga imkon beradi. 
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tish qonunining olamni 
falsafiy anglashdagi ahamiyati. Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga 
o‘tish qonuni falsafaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning mohiyati 
shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar 
asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va 
sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi. 
Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z sifati bilan 
ajralib turadi. Sifat — narsalarning ichki muayyanligi bo‘lib, boshqa narsalardan 
ajratib turadigan xossa, belgi, xususiyatlarining birligidir. Sifat narsa qanday bo‘lsa, 
uni shundayligicha aniqlab beradi. Narsalarning sifati esa ularning xossalari orqali 
namoyon bo‘ladi. Xossa narsa sifatining boshqa narsalar bilan o‘zaro 
aloqadorligidagi tashqi namoyon bo‘lishidir. Biz narsalarning ichki sifatini ma’lum 
bir xossalarda namoyon bo‘lishi orqali bilamiz. Har bir narsa ko‘plab xossalarga
ya’ni asosiy va ikkinchi darajali xossalarga ega bo‘ladi. Masalan, metall zichliq 
siquvchanlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, cho‘ziluvchanlik kabi xossalarga ega. Sifat — 
jismning barcha xossalarini birgalikda bog‘lovchidir. Demak, sifat narsaning 
umumiyligini, yaxlitligini, uning nisbiy barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligini 
ifodalaydi. U keng ma’noda narsalarning turli-tuman xossalari yig‘indisidir. Lekin 
sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalar emas. Sifatning o‘zgarishi 
muqarrar sur’atda xossaning o‘zgarishiga olib keladi, biroq xossaning o‘zgarishi har 
doim sifatning o‘zgarishiga ta’sir etavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga 
ta’sir etmasdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy 
barqarorligini ifoda etadi. 
Har bir narsa muayyan sistemada bir-biri bilan bog‘liq, bo‘ladi. Narsa qaysi 
bog‘lanishlar sistemasiga kirsa, shu sistemaga bog‘liq ravishda turli sifatlarga ega 
bo‘ladi. Chunonchi, «stol» muayyan tabiiy materialdan, ya’ni daraxtdan yasalgan 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling