Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

213
 
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tish masalasiga, o‘z 
navbatida, qadimgi faylasuflar ham e’tibor berganlar Qadimgi yunon faylasuflarining 
«yaltiroq bosh» va «g‘aram» nomi bilan, keltirgan misollari ma’lumdir. 
Suhbatdoshga quyidagi savol beriladi: agar boshdan bir dona soch tolasi yulib olinsa 
bosh yaltirab qoladimi, agar g‘aramdan bir dona urug‘ olinsa, u g‘aramlik holatini 
yo‘qotadimi? Natija, “yo‘q” degan javob bo‘ladi. Bu hol bosh yaltiramaguncha, 
g‘aram esa yo‘q bo‘lmaguncha davom etadi. Qadimgi faylasuflar bu kabi hodisalarni 
eng umumiy qonuniyatlarning namoyon bo‘lishi natijasida deb, emas balki sof 
mantiqiy g‘ayri tabiiylik deb qarar edilar. 
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi haqida Markaziy Osiyo 
mutafakkirlarining asarlarida ham ko‘pgina ma’lumotlar mavjuddir. Al-Xorazmiy, al-
Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bekning matematika, algebra, astronomiya
geografiya, tibbiyot va boshqa sohalarga oid asarlarida miqdor (son), sifat 
o‘rtasidagi aloqadorlik va uning hayotiy ahamiyati haqida batafsil tavsiflar 
berilgan. «Men, — deb yozadi al-Xorazmiy, — arifmetikaning oddiy va murakkab 
masalalarini o‘z ichiga oluvchi «Aljabr va almuqobala hisobi haqida qisqaga kitob»ni 
tasnif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol 
taqsimlashda va adliya ishlarida, savdo va har qanday bitimlarda va shuningdek, yer 
o‘lchash, kanallar o‘tkazishda (amaliy) geometriya va boshqa shunga o‘xshash 
turlicha ishlarda kishilar uchun bu zarurdir»
1

Ular fikricha, miqdor va sifat o‘zgarishlarning o‘zaro aloqadorligini nafaqat 
tabiat va jamiyat hodisalarida, balki ruhlarda ham kuzatish mumkin. «Ruhlar 
sifatlarining ... o‘zaro qo‘shilishi oqibatida ularning (aqliy) quvvatlari miqdor jihatdan 
ham tobora ortadi»
2
, - deb yozadi Forobiy. 
Miqdor o‘zgarishlaridan tub sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni ob’ektiv bo‘lib, 
real voqelikdagi narsa va hodisalarning o‘ziga xosdir. Olamdagi barcha o‘zgarishlar 

1
Muxammed ibn Muso al-Xorazmiy. Tanlangan asarlar.-T., 1983.-78-bet. 


2
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”, 1993.-165-bet. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling