Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

221
 
ko‘tariluvchi yo‘nalishini dialektik tushunish doiraviy harakat to‘g‘risidagi metafizik 
nazariya bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Ba’zi bir olimlar dunyoda 
bo‘layotgan ba’zi bosqichlarning qaytarilishini oddiy eskilikka qaytish deb 
hisoblamoqdalar. Ularning fikricha, tabiat va jamiyat hayotining ibtidosi va intixosi 
butunlay mos keluvchi ma’lum davr, sikl yoki aylanma bo‘yicha bo‘ladi. XVIII 
asrda yashagan italiyalik faylasuf J.B.Vikoning ta’kidlashicha, jamiyat o‘z 
taraqqiyotida uch davrni bosib o‘tadi, chunonchi: 1) bolalik davri. Bu davrda diniy 
dunyoqarash va zo‘ravonlik hukmronlik qiladi; 2) o‘smirlik davri. Bu davrda 
aristokratlik, ritsarlik va yetuklik ravnaq topadi; 3) yetuklik davri. 
Boshqa bir faylasuf O.Shpengler jamiyat o‘zining rivojlanishida bunyod 
bo‘lish (1), gullab yashnash (2), inqirozga yuz tutish (3) davrlarini boshdan 
kechiradi, deydi. Uning fikricha, insoniyat tarixining hozirgi bosqichi inqirozlar 
davri, shunga ko‘ra hozirgi zamon madaniyatining barcha yutuqlari butunlay yo‘q 
qilinishi lozim emish. 
Ingliz tarixchisi Toynbining ta’biricha, jamiyat tarixi qorong‘i va o‘zaro 
aloqada bo‘lmagan sivilizatsiyadan iborat. Har qanday sivilizatsiya bir rivojlanish 
bosqichlarini bosib o‘tadi: 1) bahor va yoz, 2) kuz va qish yoki bolalik, o‘smirlik, 
yetuklik va qarilik. Toynbining ko‘rsatishicha, G‘arb sivilizatsiyasi yetuklik 
bosqichidadir va u kelajakda rivojlanish xususiyatiga ega. Amerikalik professor 
Rayt esa, jamiyat tarixi ma’lum bir bosqichlardan, ya’ni qaxramonlik asri
g‘alayonlik vaqti va tiklanish davrlarining shu taxlitda takrorlanishidan iborat, deb 
tasvirlab beradi. Uning fikricha, hozirgi sivilizatsiyadan keyin insoniyat faqat 
orqaga qaytish bilan rivojlanarmish. 
Taraqqiyot yuqoriga ko‘tarilish xususiyatiga ega bo‘lib, u oddiydan 
murakkabga, pastdan yuqoriga tomon boradi. Masalan, mikroolamda rivojlanishning 
ilgarilab borishi kimyoviy elementlarda atom yadrosi, atomlarning molekulalarga 
va keyinroq mikroskopik jismlarga aylanishida, koinotda esa uning jismlarining gaz 
va changsimon materiyadan vujudga kelishida namoyon bo‘ladi. Noorganik 
materiyaning organik materiyaga aylanishi, hayvonot olamidan insoniyatning ajralib 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling