Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
220
rivojlanish sodir bo‘lmaydi, balki bir hodisaning boshqa hodisa bilan almashinishi sodir bo‘ladi. Dialektik inkor yuqorida ko‘rsatilgan inkordan farqli o‘laroq shunday ziddiyatlarni hal qilishni maqsad qilib qo‘yadiki, buning natijasida taraqqiyotda yuqori bosqichga erishiladi. Dialektik inkorning yana bir muhim xususiyatini aytib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Ikkinchi inkor eskini yemiribgina qolmay, oldingi rivojlanishdagi butun ijobiy tomonlarni umumlashtiradi, ya’ni sintez qiladi. Biroq bu sintez oldingi rivojlanishning ayrim tomonlarini mexanik tarzda birlashtirish emas. Dialektik sintezda o‘tmishning ayrim elementlari olib tashlangan, ya’ni butunlay o‘zgartirilib, yuqori bosqichda birlashtirilgandir. Inkorni inkor rivojlanishning ma’lum bir davrini tugallaydi, lekin u shu bilan birga keyingi harakat uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi inkor harakatning shart-sharoitlarini ifodalaydi. Ko‘rinib turibdiki, inkor tushunchasi davrni ham ifodalaydi. Bu davr shundan iboratki, ma’lum jarayonning tugallanish bosqichi yangi dialektik davr uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib qoladi va shunday hol cheksiz davom etadi. Bir munosabatda sintez bo‘lgan narsa boshqa munosabatda yangi rivojlanishning boshlang‘ich nuqtasidan iborat bo‘ladi. Dialektik taraqqiyot to‘g‘ri chiziqli harakat bo‘lmay, balki asta-sekin ko‘tarilib, kengayib boradigan, bir-biri bilan umumiy vorislik yo‘li bilan bog‘langan yuksak bosqichda boshlang‘ich nuqta jihatini o‘z ichiga oladigan burama harakatdan iborat. Taraqqiyot ayrim hollarda quyiga qarab boradi. Bunga moddiy tizimlarning yemirilishi, materiya harakatining murakkab shakllari oddiy shakllarga o‘tishi misol bo‘la oladi. Ammo shuni aytish kerakki, taraqqiyotning orqaga qaytishi ilgarilama harakatdan vaqtincha chetlashishdir. Ijtimoiy taraqqiyot, jamiyatning rivojlanishi hech qachon to‘xtab qolmasligi qonuniy va o‘zgartirib bo‘lmaydigan jarayondir. U vaqtincha bo‘lgan tebranish va cheklanishlarga qaramasdan ibtidoiy jamoa tuzumidan hozirgi davrgacha yuqoriga ko‘tariluvchi yo‘l bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy rivojlanishning ob’ektivligi va takrorlanmasligi bunda yorqin namoyon bo‘ladi. Rivojlanishning pastdan yuqoriga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling