218
bo‘lgan bo‘ladi»
1
.
Eskining yangi tomonidan inkor qilinishi natijasida moddiy olamdagi narsa
va hodisalarning ilgarilanma harakati sodir bo‘ladi.
Eskining rivojlanish jarayonidagi yemirilishi — inkorni inkor qonunining
faqat bir tomonidir. Uning boshqa tomonini eskining yemirilishi jarayoni bilan bir
vaqtda vujudga keladigan yangi narsa qaror topadi. Bu yangi narsa eskining o‘rnini
egallab, undagi ijobiy narsalarni saqlab qolgan holda yangining yanada yuksakroq,
ilg‘or holatini ifodalaydi.
Shunday qilib, taraqqiyot bir-birini almashtirib turadigan bosqichlardan iborat
bo‘lib, bir bosqich ikkinchi bosqich tomonidan, ikkinchisi esa uchinchisi tomonidan
inkor etiladi. Eskining yemirilib, yangining paydo bo‘lishi, taraqqiyot jarayonidagi
dialektik inkorning ikkita muhim va ajralmas jihatidir.
Inkorni inkor qonuni quyidagi bir qator xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
birinchidan, eskining yangi tomonidan inkor etilishi — kishilarning ongi va
irodasiga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv jarayondir. Inkor sub’ektiv, tashqaridan
kiritilgan fikr emas, balki ob’ektiv jarayon taraqqiyotining bosqichidir;
ikkinchidan, dialektik inkor tashqaridan kiritilgan kuch yoki holat emas,
balki narsa va hodisaning ichki rivojlanishi natijasi, o‘zini-o‘zi inkor qilishidir.
Dialektik inkor narsani butunlay yo‘q qilib yuboriladigan faoliyat bilan o‘xshash
emas, u shunday inkorki, buning natijasida rivojlanish davom etishiga, yangi inkor
sodir bo‘lishiga imkon yaratiladi;
uchinchidan, dialektika har bir narsa va hodisa uchun inkorning aniq turi
mavjuddir, deb hisoblaydi. Tasavvur va tushunchalarning har bir turi singari,
buyumlar har bir turining ham o‘ziga xos alohida inkor turi borki, bunda taraqqiyot
sodir bo‘ladi;
to‘rtinchidan, dialektik inkor to‘liq inkor bo‘lmasdan, balki eskini yangi bilan
bog‘lab turuvchi jarayondir. Dialektik inkor yangi bilan eski o‘rtasidagi vorislikni
1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”,1993.-133-134-betlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |