Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
216
sifat o‘zgarishlariga o‘tishidir; uchinchidan, sakrash eski qarama-qarshiliklar birligini tugatish va yangi sifatga mos keladigan qarama-qarshiliklarning vujudga kelishi tufayli paydo bo‘ladigan ziddiyatlarni hal qilishdir; to‘rtinchidan, sakrash narsa va hodisalarning rivojlanib, ilgarilab borishidir. Hodisalarning sifat xususiyatlariga va ularning rivojlanish sharoitiga bog‘liq ravishda eski sifatdan yangi sifatga o‘tish turli shakllarda sodir bo‘ladi. Har bir narsa, hodisa o‘zining aniq inkor qilish usuliga, o‘z navbatida aniq sakrash shakliga egadir. Amalga oshish muddatiga bog‘liq, ravishda asta-sekinlik bilan ifodalanadigan sakrashdan, bir zumda shiddat bilan sodir bo‘ladigan sakrashni farqlash kerak. Binobarin, kimyoviy elementlarni biriktirish jarayonida tub sifat o‘zgarishlar shiddat bilan, juda tez sodir bo‘ladi, ammo hayvonlar bilan o‘simliklarning rivojlanish jarayonida eski sifatdan yangi sifatga o‘tish birmuncha sekin sodir bo‘ladi. Tez sodir bo‘ladigan sakrashlar bilan asta-sekin miqdor o‘zgarishlari yo‘li bilan sodir bo‘ladigan sakrashlarning bir-biridan farq qilishini hisobga olish kerak. Tez sakrash shunday xususiyatlarga egaki, u birinchidan, hal qiluvchi zarbaning birdan-bir ifodasi sifatida bajariladi. Bu sifatiy o‘tish bo‘lib, dastavval birdaniga eski tugatiladi va so‘ngra yangi bunyod etiladi. Ikkinchidan, u bexosdan tez sodir bo‘ladi. Asta-sekin miqdor o‘zgarishlari yo‘li bilan sodir bo‘ladigan sakrashlar eskini bir yo‘la tugatish bilan emas, balki uzoq vaqt davomida eski sifatni yangi sifatga aylantirish bilan tavsiflanadi. Demak, sakrashlarning turli-tuman shakllarda amalga oshishi sodir bo‘ladi. Bunda narsa va hodisalarning bir holatdan ikkinchisiga o‘tish shakllarining turli- tumanligi nimaga bog‘liq? degan savol kelib chiqadi. O‘tish shakllarining turli- tumanligi, birinchidan, narsa va hodisalarning mohiyati va xususiyatlariga, ikkinchidan, unga muvofiq keladigan sharoitga bog‘liqdir. Masalan, ijtimoiy hayotda sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlar tabiatdagi sakrashlardan tubdan farq qiladi. Hozirgi sharoitda jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling