214
asta-sekin sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlardan boshlanadi. Miqdor o‘zgarishlar
muayyan chegarada sifatning barqarorligiga (turg‘unligiga) ta’sir etmaydi.
Miqdor o‘zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buziladi.
Natijada sifat yo‘qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Bu holni biz kimyo fanida yaqqol
ko‘rishimiz mumkii. Masalan, ikki atom vodorod bilan bir atom kislorod suvning
molekulasini tashkil etadi. Agar bu elementlarni boshqacha nisbatda, ya’ni ikki
atom vodorodni N
2
O ikki atom kislorod bilan biriktirsak, u holda bir yangi narsa —
vodorod peroksidi hosil qilamiz (N
2
O
2
).
Taraqqiyot jarayonida miqdor o‘zgarishlari tub sifat o‘zgarishlariga o‘tish
bilan birga sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga ham o‘tadi. Miqdor
o‘zgarishlari natijasida vujudga kelgan yangi sifat muayyan vaqtga muvofiq
keladigan barqarorlikka ega bo‘lib, shu miqdor o‘zgarishlari jarayonini davom
etishi uchun sharoit yaratib beradi. Bu sifat o‘zgarishlarining miqdor
o‘zgarishlariga o‘tishidir.
Miqdor o‘zgarishlari bilan sifat o‘zgarishlari o‘zaro chambarchas bog‘langan
bo‘lishiga qaramay, ular ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Chunonchi:
birinchidan, miqdor o‘zgarishlari doimo yuz berib turadi. Hatto hodisalar
sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miqdor o‘zgarishlar asta-sekin yuz beradi.
Sifat o‘zgarishlariga o‘tish faqat ma’lum bir davrda boshlanadi;
ikkinchidan, miqdor o‘zgarishlari ma’lum vaqtgacha predmetga muhim
ta’sir ko‘rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100°C gacha suyuqlik holatini
yo‘qotmaydi. Sifat o‘zgarishlari hodisalarni tubdan o‘zgartirib, uni boshqa hodisaga
aylantirishni taqozo qiladi;
uchinchidan, miqdor o‘zgarishlari asta-sekin o‘tadi va ko‘p hollarda
(muayyan davrgacha) sezilmasdan o‘tadi. Sifat o‘zgarishlari esa ancha tez, ayrim
holatda to‘satdan sodir bo‘ladi;
to‘rtinchidan, sifat o‘zgarishlari miqdor o‘zgarishlariga qaraganda tub
o‘zgarishlar hisoblanadi.
Metafizik usulda fikr yuritadigan faylasuflar miqdor o‘zgarishlar bilan sifat
Do'stlaringiz bilan baham: |