222
chiqishi ham bunga yorqin misol bo‘la oladi. Ijtimoiy rivojlanish ham taraqqiyot sari
borayapti.
Eskining o‘rniga yangining kelishi uning kundan-kunga mustahkamlanishi,
rivojlanishi va ularning ajralmasligi taraqqiyotning boshlanish xususiyatini
belgilaydi. Yangi eskining o‘rnini egallab borishda eskidan ijobiy muhim
tomonlarni o‘zida mujassamlashtirib, yuqoriroq sifat xususiyatlarga aylanadi.
Eskining o‘rniga kelgan yangi dastlab imkoniyat ko‘rinishida bo‘ladi. Bu
imkoniyatning voqelikka aylanishi ma’lum shart-sharoitlardagina amalga oshadi.
Ijtimoiy hayotda yangilikning g‘alabaga erishuvini ta’minlashda kishilarning
faoliyati zarurdir.
Inkorni inkor qonuni mustaqillik va bozor iqtisodiyoti jarayonida ro‘y
berayotgan hodisalar mohiyatini ilmiy anglashda katta ahamiyat kasb etyapti. Yangi
jamiyatni barpo etishga qaratilgan o‘zgarishlar hamma narsani yangidan barpo
etishni bildirmaydi. Aksincha, jamiyatimiz taraqqiyoti jarayonida erishilgan ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy, ma’naviy yutuqlarni saqlab qolish, ularni yanada boyitib
rivojlantirishdan iboratdir. Bu mazkur qonunning talabidan kelib chiqadigan muhim
xulosalardan biridir.
«Bizning tushunishimizcha, - degan edi I.A.Karimov, — qotib qolgan eski
aqidalardan voz kechish — o‘z tarixiy o‘tmishimizdan voz kechish degani emas. Bu
bir yoqlama va tor fikrlashdan voz kechish demakdir»
1
.
Yuqorida biz falsafaning uchta asosiy qonunlari mazmun-mohiyatini tavsiflab
berishga harakat qildik. Endilikda shuni eslatib o‘tish joizki, olamni anglashda
mazkur qonunlarni e’tiborga olish, ularning talablariga mos ravishda fikrlash va
amal qilish katta metodologik ahamiyatga ega.
Falsafiy tafakkurlash voqelikdagi narsa va hodisalarga xos bo‘lgan barcha
aloqalarni, ziddiyatlarni, ularning taraqqiyot qonuniyatlarini bilish, har tomonlama
1
Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. -T.:“O‘zbekiston”,1997.-151-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |