Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

215
 
o‘zgarishlarini ajratib bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadilar, ayrimlari esa faqat miqdor 
o‘zgarishlarnigiga tan oladilar. 
Miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonini tahlil qilar ekanmiz, nazariy hamda 
amaliy faoliyatda amalga oshayotgan o‘zgarishlar mexanizminigina emas, balki 
ularning chuqurligi va ahamiyatini ham hisobga olish muhimdir. Shunga asosan ro‘y 
beradigan o‘zgarishlarni inqilobiy va tadrijiy (evolyutsion)ga ajratish mumkin. 
Bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tish sakrash yo‘li bilan amalga 
oshadi. 
Sakrash nima? Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan miqdor 
o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlarga o‘tish jarayonini anglatadigan falsafiy 
tushunchadir. Sakrash taraqqiyotning uzluksiz ko‘rinishiga qaraganda ancha tez 
o‘tadigan shakldir. 
Sakrash 
miqdor 
o‘zgarishlardan 
sifat 
o‘zgarishlarga 
o‘tishda 
uzluksizlikning uzilishini bildiradi. Sakrashlar doim asta-sekinlik bilan miqdor 
o‘zgarishlari natijasida tayyorlanadi. Bundan shuni nazarda tutish kerakki, 
miqdor o‘zgarishlar narsa va hodisani bir tekisda oddiy ko‘paytirish yoki 
kamaytirishdan iborat emas. Miqdor o‘zgarishlar narsa va hodisalarning ijtimoiy 
tomonlarini asta-sekin o‘stirib mustahkamlashni hamda salbiy tomonlarini asta-
sekin susaytirishni taqozo etadi. Sakrash, shuningdek, narsa va hodisalar o‘rtasidagi 
ziddiyatlarning hal qilinishidir. Sakrash natijasida eski sifat bilan uning asosida 
harakat qiladigan qarama-qarshiliklar birligi tugatiladi va yangi sifatning vujudga 
kelishi sodir bo‘ladi.
Nihoyat, sakrash — eski sifatning inkor etilishi va yangi sifatning qaror 
topishidir. Sakrash natijasida eskidan yangiga o‘tish amalga oshadi. Shunga ko‘ra 
narsa va hodisalarning rivojlanishi ilgarilab boradi. 
Shunday qilib dialektik sakrash quyidagi jihatlarga ega: 
birinchidan, sakrash taraqqiyot natijasida amalga oshadigan ob’ektiv va 
qonuniy jarayondir; 
ikkinchidan, sakrash tadrijiylikning o‘zgarib, miqdor o‘zgarishlaridan tub 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling