Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
209
Ziddiyatlar o‘z xususiyati jihatidan antagonistik va noantagonistik bo‘lishi mumkin. Jamiyatda antagonistik ziddiyatlar bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan sinflar, tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqishi mumkin, Ammo, antagonistik ziddiyatlar faqat sinfiy munosabatlarga xos, degan qarash noto‘g‘ri. Tarixiy tajriba, ijtimoiy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bunday ziddiyatlar jamiyat hayotining barcha sohalarida namoyon bo‘lishi mumkin. Ular faqat sinfiy negizda emas, balki etnik, milliy, diniy, irqiy va boshqalarda vujudga kelishi mumkin. Bunday ziddiyatlar jamiyat va alohida shaxslar, turli davlatlar, ijtimoiy-siyosiy tizilmalar, siyosiy partiya va ommaviy harakatlar o‘rtasida ham vujudga kelishi mumkin. Antagonistik ziddiyatlarning muhim xususiyatlaridan biri ularni hal etishda mavjud holatni buzishga olib keladigan vositalarni qo‘llashdir. Ijtimoiy hayotdagi noantagonistik ziddiyatlarga tub manfaatlar va maqsadlari umumiy bo‘lgan tabaqalar, ijtimoiy kuchlar o‘rtasidagi munosabatlar, shahar bilan qishloq, aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan tafovutlar va boshqalar misol bo‘la oladi. Ularni bartaraf qilish ham antagonistik ziddiyatlar singari kurash asosida amalga oshiriladi, lekin bu kurash shakli, xususiyati jihatidan boshqadir. Ziddiyatlar xilma-xil shakllarda bartaraf etilishi mumkin. Ulardan biri eskining yemirilib, yangining qaror topishidir, bunga misol sifatida iqtisodiyotning eskisi yemirilib, asta-sekinlik bilan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotning barpo etilishini ko‘rsatib o‘tish joizdir. Shuningdek qarama- qarshiliklarni o‘zaro ongli ravishda qo‘shib, ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etib, shu asosda taraqqiyotda ilgarilab borishdan iboratdir. Ziddiyatlarni bartaraf etishning samarali shakllaridan yana biri — konsensus (o‘zaro kelishuv)dir. Konsensus qarama-qarshi kuchlar, tomonlar, ijtimoiy guruhlar, partiyalar, harakatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni umumiy manfaatlardan kelib, chiqib hal etish yo‘llaridan bo‘lib hisoblanadi. U xalqlarni milliy totuvlikka, hamkorlikka da’vat etadigan yo‘ldir. Konsensus muloqotlar, referendumlar, ommaviy axborot vositalari orqali eng muhim qonunlar loyihasini muhokama qilish va hokazo yo‘llar bilan amalga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling