207
hissiy va ratsional bilish bir jarayonning ikki ajralmas, ammo bir-biridan farq
qiluvchi muhim tomonlaridir.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunining umumiylik xususiyati
moddiy dunyodagi hamma narsa va hodisalarga xos ekanligidagina emas, balki
ziddiyatlar narsa va hodisalarga, ularning paydo bo‘lishidan tortib halok bo‘lishigacha
boshidan oxirigacha singib ketgan. Bir mohiyatning turli tomonlarini ifodalagani
uchun ham qarama-qarshiliklar birligi quyidagi sharoitlarda yuzaga keladi:
birinchidan, qarama-qarshiliklar bir narsa va hodisadagina mavjuddir,
chunonchi, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tafakkurga mansubdir;
ikkinchidan, qarama-qarshilik o‘zaro bog‘liq, biri ikkinchisini taqozo
qiladi, biri bo‘lmasa ikkinchisi mavjud bo‘lolmaydi.
uchinchidan, qarama-qarshiliklarning biri ikkinchisiga o‘tadi va o‘zaro bir-
biriga singib ketadi. Masalan, pozitron va elektron ma’lum sharoitda fotonlarga
aylanadi, natijada materiyaning boshqa turi kelib chiqadi.
Qarama-qarshi tomonlarning birligi nisbiy, o‘tkinchi xususiyatga ega bo‘lishi
bilan birga ular o‘rtasidagi kurash mutlaqdir. Davr o‘tishi bilan kurashning ba’zi aniq
shakllari yo‘qolishi mumkin, ammo qarama-qarshi tomonlar taraqqiyot davomida turli
xil vazifani bajaradi. Qarama-qarshilikning mutaassib tomoni narsa va hodisani
qanday bo‘lsa, shundayligicha saqlab qolishga intilsa, ilg‘or tomoni uni
o‘zgartirishga, yoki uni barbod qilib, yangisini vujudga keltirishga harakat qiladi.
Qarama-qarshiliklar haqida Forobiyning fikri alohida e’tiborga molik.
Forobiyning fikricha, faqat Ollohning sherigi yo‘q, shuning uchun ilk borliqning ziddi
bo‘lishi ham mumkin emas. Lekin boshqa har bir narsa karama-qarshi harakatda bo‘ladi.
«Qarama-qarshi bo‘lgan har bir narsa, birga bo‘lsa, — deydi Forobiy, — u albatta,
buzilishga va o‘z yo‘li aynashiga olib keladi. Ziddilarning har birining tabiati shunday
bo‘ladi, ulardan birining qayerda bo‘lishidan qat’i nazar birining yo‘qligi
ikkinchisining borligini taqozo etadi. Ziddi bo‘lishi mumkin bo‘lgan har bir narsada
Do'stlaringiz bilan baham: |