Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
206
qarama-qarshi tomonlari keskinlashib, ularning eski chegarada birgalikda yashashi mumkin bo‘lmay qolgan holatini belgilaydi. Ziddiyatlar hamma vaqt ham to‘qnashuv bilan tugamay, balki alohida sharoitdagina shunday holda bo‘lishi mumkin. Mana shu real munosabatlar qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunida aks ettiriladi. Hamma narsa va hodisalar ichki ziddiyatlarga va bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan tomonlarga ega. Quyosh sistemasi ham qarama-qarshiliklar birligining murakkab namunalaridan hisoblanadi. Sayyoralar sistemasining markazi hisoblangan Quyosh bilan boshqa sayyoralar o‘rtasida shunday aloqadorlik mavjudki, bu aloqadorlik markazga intiluvchi tortishish kuchi va markazdan qochuvchi-itariluvchi kuchlar ta’sirida yuzaga keladi. Shu qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi kurash Quyosh sistemasining yashashi va rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini belgilaydi. Agar atomni olsak, bir atom moddasi ham, avvalo, musbat va manfiy elektr zaryadlari, proton va elektron kabi murakkab qarama-qarshi tomonlarning yig‘indisidir. Atom yadrosining o‘zida tortilish va itarilish kabi qarama-qarshi kuchlar mavjuddir. Organik dunyodagi rivojlanishni ham qarama-qarshiliklar kurashisiz tasavvur qilish qiyin. Hayotning o‘zi shunday zid, qarama-qarshi jarayondirki, unda yaratilish va yemirilish, assimilyatsiya va dissimilyatsiya kabi qarama-qarshi munosabatda bo‘lgan tomonlar mavjud. Organizm yashab turgan vaqtda uning hujayralari to‘xtovsiz o‘lib, o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi. Mana shu ikki qarama- qarshi yo‘nalish organizmning yashashi uchun zarur sharoitni yaratadi. Bu jarayonning to‘xtashi organizmning halok bo‘lishiga olib keladi. Jamiyatda ham o‘ziga xos ziddiyatlar mavjud. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni bilish jarayonida ham o‘z ifodasini topadi. Ma’lumki, bilish jarayoni bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan hissiy va ratsional bilishdan iboratdir. Hissiy bilish orqali inson narsa va hodisalarning faqat tashqi tomonlari va xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot oladi, mavhum tafakkur orqali esa ularning ichki munosabatlarini belgilovchi qonuniyatlarni biladi. Bu yerda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling