Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

186
 
taraqqiyotidagi dastlabki bosqichdir. Dastlabki vujudga kelgan organizmlar 
o’zining tuzilishi va xususiyati jiqatidan hozirgi hayvon va o’simliklarning eng 
soddalari bo’lgan. Organik birikmalarning bir necha million yil davom etgan 
taraqqiyoti natijasida hayvonlarning hozirgi turlari vujudga kelgan. 
Jonli tabiat insonning paydo bo’lishi uchun hamma zarur shart-sharoitni 
hozirlaydi. Tabiatning tarkibiy qismi bo’lgan odam jonli organizmlarning uzoq vaqt 
davomida ro’y bergan taraqqiyotining qonuniy muqsulidir. Odamning paydo 
bo’lishini jonli tabiatning taraqqiyotidan ajratib bo’lmaydi. 
Inson taraqqiyotining ilk bosqichlarida, odam tabiatdan endigina ajralib 
chiqqan kezlarda juda nochor hayot kechirgan, u tabiat kuchlariga qaram bo’lgan, 
tabiatning tayyor mahsulotlarini iste’mol qilib kun kechirgan. 
Keyinchalik mehnat tufayli, mehnat qurollari yasash, moddiy va ma’naviy 
boyliklarni yaratish asosida kishilik jamiyati paydo bo’ldi va rivojlandi. 
Forobiyning fikricha, «Har bir inson o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u 
yashamoq va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj 
bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi, ularga ega bo’lish 
uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi... Bunday jamoa a’zolarining 
faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun 
zarur bo’lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari 
ko’paydilar, yerning aholi yashaydigan qismiga o’rnashdilar va natijada inson 
jamoasi vujudga keldi»
1

Jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi aloqadorlik zaminida mehnat yotadi. Mehnat 
avvalo, odam bilan tabiat o’rtasida yuz beradigan jarayonlardir, odam shu 
jarayonda o’z faoliyati bilan o’zi ila tabiat o’rtasida moddalar ayirboshlanishiga 
vositachilik qiladi, bu ayriboshlashni tartibga soladi va nazorat qiladi. Odamning 
o’zi tabiat kuchi sifatida tabiat moddasiga qarama-qarshi turadi. Odam tabiat 
moddasini o’z hayoti uchun yaroqli bo’lgan ma’lum bir shaklda o’zlashtirib olish 
uchun o’z tabiiy kuchlarini, qo’l va oyoqlarini, bosh va barmoqlarini harakatga 

1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”,1993.-186-bet. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling