Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

182
 
uzluksizki, uning har qanday kichik ikki oralig’i o’rtasida hamisha real suratda bir 
vaqtli uzluklik mavjuddir. 
Fazo va vaqtning uzluksizligi shundan iboratki, ular o’zlarining ichki 
xossalariga predmetlar va jarayonlarning sifat tafovutiga muvofiq tuzilishiga 
ko’ra farq qilib turadigan unsurlardan tarkib topgan. 
Insonning fazo va vaqt haqidagi tushunchalari, tasavvurlari qotib qolgan 
emas, balki nisbiy, ya’ni o’zgaruvchan, rivojlanib borish xususiyatiga egadir. 
Materiya fazoda cheksiz, vaqtda abadiydir, degan fikrning mohiyati shundan 
iboratki, fazoning hech qanday chegarasi, markazi, tomoni, bo’linadigan joyi, 
oxirgi nuqtasi yo’q, u cheksiz va chegarasizdir, bepoyondir. Hozirgi zamon 
tabiatshunoslik fanlari olamning fazo va vaqtda boshi ham, oxiri ham yo’qligi 
to’g’risidagi ta’limotini asoslovchi yangidan-yangi dalillarni qo’lga kiritdi. 
Ularning ko’rsatishicha, bizning galaktikamiz koinotda yakkayu-yagona emas, 
balki cheksiz yulduzlar tizimining biridir. 
N.I.Lobachevskiy geometriyasi fazoning materiya bilan chambarchas 
bog’liq ekanligini isbotlab, mutlaq chegara va sistema bo’lishi mumkin emasligini 
ko’rsatadi. U Evklid geometriyasiga nisbatan fazoning geometrik xususiyatlari 
o’zgarishini chuqur tushuntiradi. Evklid geometriyasida fazo materiyadan ajralgan 
holda, abadiy va hamma yerda bir xil xususiyatga ega shaklda tushuntiriladi. Bu 
fazo haqidagi metafizik tushuntirish usulidir. Lobachevskiy fazo va vaqtning 
xususiyatlarini materiya va uning harakati bilan bog’liq ravishda tushuntiradi. 
Uning geometriyasi Eynshteynning nisbiylik nazariyasida yana ham kengroq 
mazmunga ega bo’ladi. 
Fazo va vaqtning bir butunligini ifodalashda moddiy jarayonlarni ham 
fazodan, ham vaqtdan ajratmay bir butun holda tekshirish zarur. Hozirgi zamon 
fanida ko’p o’lchovlilikni quyidagicha tushuntirish mumkin. Nemis olimi German 
Mankovskiy uch o’lchovli fazo va vaqtni ko’p o’lchovli deb oladi. Bu yerda uch 
o’lchovli fazo va to’rtinchisi sifatida vaqt olingan. Nisbiylik nazariyasida fazo va 
vaqt orasidagi bog’lanishni ko’rsatish jism harakatiga kuchli maydon tortish 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling