Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY ONTOLOGIK KATEGORIYALAR
MO-
HIYAT VA HODI- SA Olamdagi narsa, hodisa, jarayonlarning ichki, muhim jihatlari hamda yuzaki, tashqi tomonlarini ifodalaydigan falsafiy kategoriyalardir. Mohiyat narsa, buyum, jarayonlarning ichki, muhim, asosiy, zaruriy, barqaror aloqalari, tomonlari munosabatlarining yigindisini anglatadi Hodisa esa mohiyatning tashqi ifodasi, namoyon bo’lishi, narsa va jarayonlarning yuzaki, nisbatan o’zgaruvchan tomonlarini bildiradi. Zero, olamda yakka hujayrali tirik organizmlardan tortib, insongacha bo’lgan qanchadan-qancha shakllar (hodisalar) borki, ularni bir qarashda payqash mumkin bo’lmagan ichki umumiy tomoni, barchasiga xos modda almashinuvi (mohiyati) mavjud. Falsafada mohiyat va hodisa masalasiga turlicha, idealistik, materialistik va metafizik qarashlar mavjud. Jumladan, olam, uning hodisalari turli goyalar yoki sezgilar yig’indisidan iborat, deb talqin etuvchilar nazdida mohiyat va hodisa ob’ektiv xarakterga ega emas. 249 ASOSIY ONTOLOGIK KATEGORIYALAR Imkoniylik ko’rinishlari Real imkoniyat: -voqelikning zaruriy aloqalari va munosabatlari taqozolangan -zaruriylik bilan bog’liq (Gegel) Mavhum imkoniyat: -zaruriy aloqalar bilan taqozolangan, lekin zarur sharoitlarsiz kuchga kira olmaydi Qaytariluvchi imkoniyat: -birinchi turtki – imkoniyat - harakat Birgalikda mavjud bo’ladigan imkoniyat: -birining amalga oshishi bilan boshqa imkoniyatning yo’qolib ketmasligi bilan xarakterlanuvchi imkoniyat Voqea – hodisa imkoniyati: -amalga oshishi bilan mohiyati o’zgarmas imkoniyat Formal imkoniyat: -voqelikning tasodifiy aloqalari va munosabatlari bilan taqozolangan; -tasodifiylik bilan bog’liq Aniq imkoniyat: -zaruriy shart-sharoitlardagina kuchga kiradi Qaytarilmaydigan imkoniyat Inkor etuvchi imkoniyat: -voqelikka aylanishi bilan boshqa imkoniyatning mumkin emaslgi bilan xarakterlanuvchi imkoniyat Mohiyat imkoniyati: -amalga oshishi mohiyatining o’zgarishi bilan kechadigan imkoniyat MAZMUN VA SHAKL Olamdagi turli narsa, hodisa va jarayonlarning dialektikasini o’rganishda, ular o’rtasidagi aloqa va munosabatlarni bilishda muhim o’rin tutadigan kategoriyalardir. Mazmun muayyan narsa, hodisa, jarayonlarning o’ziga xos sifati, xususiyatlari, muhim belgilari, elementlarining yig’indisini anglatsa, shakl mazmunning mavjudlik usuli, narsa va hodisalarning ichki hamda tashqi tuzilishini ifoda etadi. Masalan, narsa va jismning mazmuni moddiyligi va harakatda ekanligi-dadir. Xuddi shunday, atomning mazmuni uning tarkibidagi 30 dan ortiq manfiy, musbat va nol zaryadli elementar zarralar, ularning rezonans-lari, elektron maydon kabilarning shunchaki mexanik birligidangina iborat emas. Ayni paytda, ularning harakati muayyan maydonlar orqali bir-biriga ta’sir va aks ta’sir ko’rsatishini ham bildiradi. Atomning shakli uning tarkibiga kiruvchi elementar zarralarning joylanish tartibi, zarralar va maydon orasidagi munosabat asosida yuzaga keluvchi aloqalar, bog’-lanishning xususiyati bilan belgi- lanadi. Shuningdek, har qanday badiiy asarning mazmuni unda aks ettirilgan voqea orqali g’oya va obrazlar tizimini bildirsa, shakli shu asarning tuzilishi, tili hamda hikoya, roman va shu kabilar tarzida ifodalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling