Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

288
 
Dialektikaning narsa va hodisalarni har tomonlama va o’zaro munosabatda 
tahlil qilish talabi qandaydir hodisani yoki uning ayrim tomonini biryoqlama ajratib 
qabul qiluvchi sofistikaga tubdan qarama-qarshidir. Sofistlar masalaning ikkinchi 
darajali tomonlarini birinchi o’ringa qo’yib masalaning mohiyatini u bilan o’rab 
qo’yadilar. 
Dialektika faqat hodisalarning hamma tomonlari aloqasini e’tiborga 
olmaydigan sofistikaga qarshi bo’lmasdan, balki muhim va hal qiluvchilarini ajrata 
olmasdan turli aloqa va munosabatlarni mexanik ravishda qo’shuvchi eklektikaga 
ham qarshidir. 
Sofistika va eklektikaga zid bo’lgan ilmiy falsafa narsa va hodisalarni tashkil 
qilishda hamma aloqa va vositalarni hisobga olishni talab qiladi. Xuddi shunday 
yondashish inson bilishi va amaliy faoliyati muvaffaqiyati shartidir. 
Dialektik tafakkurning xususiyatlaridan biri shundan iboratki ixcham
harakatchan, o’zgaruvchan tushunchalardan foydalanish orqali ob’ektiv borliq, narsa 
va hodisalar taraqqiyotining qonuniyatlarini inson ongida aks ettiradi. Dialektik 
tafakkur narsa va hodisalarning mohiyati, ularning bir-biri bilan aloqadorligi va 
rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi 
yordamida ochib beradi. Dialektikaning qonun va tushunchalari voqelikdagi narsa va 
hodisalarning eng umumiy aloqasini aks ettirib, insonda narsalarning mohiyatiga 
chuqur kirib borish ularning taraqqiyot qonunlarini bilish va olamda yuz beradigan 
hodisalarni ongli tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. 
Yangi o’rganilayotgan metodlardan biri sinergetika dialektikaning davomi 
hisoblanadi. O’tgan asrning 70 – yillarida fanga kirib kelgan sinergetik tafakkur tarsi 
dastavval fizikaviy, ijtimoiy jarayonlardagi o’z-o’zini boshqarish, xaos(tartibsizlik) 
kabi holatlarning yo’qolishini, qonuniyatlarini bilishga qaratilgan. Bu ta’limotni ilk bor 
belgiyalik fizik olim Nobel mukofotining laureati I.Prigojin , so’ngra nemis fizigi 
G.Xaken va boshqa olimlar asoslaganlar. Sinergetika yunoncha so’z bo’lib, “o’zaro 
hamkorlik, o’zaro muvofiqlashganlik”ni anglatadi. Sinergetika – o’z-o’zini 
boshqarish, nochiziqli hodisalarni o’rganish,o’z-ozidan tashkil bo’lish nazariyasi 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling