Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
287
Tabiiy ilmiy bilish doirasida metafizika shunday o’rganish usuliki, tabiatdagi narsalarni bir-biridan alohida-alohida harakatsiz, qotib qolgan holda o’rganadi. Falsafiy tafakkur usuliga aylangan metafizika biroz keng ma’noda, ya’ni dialektikaga zid usul sifatida qo’llanila boshlaydi. Metafizika ana shu tariqa ko’p tomonlariga ega, uni tadqiq etish ilmiy bilish va amaliyotda muhim ahamiyatga ega. Eklektika ham tafakkurlash uslublaridan bo’lib, dastlab yunon falsafasining oxirgi bosqichlarida yuzaga kelgan. Eklektik tafakkur uslubi o’rta asr va yangi zamon falsafasida keng qo’llangan. Hozirgi zamonda ham eklektikaning turli ko’rinishlari bir-biriga zid narsalarni kelishtirishga qaratilgan urinishlarida ham namoyon bo’lmoqda. Eklektika («tanlayman» — degan yunon so’zidan olingan) muhim va muhim bo’lmagan, asosiy va ikkinchi darajali bog’lanishlar o’rtasidagi farqni hisobga olmaydigan, narsalarning turli-tuman, ko’pincha qarama-qarshi tomonlarini, tamoyilsiz qo’shib yuboradigan usuldir. Eklektika narsa va hodisalarning turli tomonlari va xossalarini mexanik ravishda biriktiradi va «bir tomondan», «ikkinchi tomondan» degan usulga amal qiladi. Ob’ektiv dunyo narsa va hodisalardagi aloqa va munosabatlar majmuidan aniq tarixiy aloqadorlikda, aniq harakatda, o’zgarish va rivojlanishda asosiy hal qiluvchi aloqadorlikni ajrata bilmaslik, eklektik tafakkurning asosiy metodologik nuqsonidir. Dialektik tafakkur uslubi yo moddiy asosidan ajratilgan quruq tushunchalarni bir tomonlama bo’rttiruvchi yoki narsalar tushunchalarning harakati dialektikasini hisobga olmaydigan sofistik va metafizik tafakkur uslubidan farq qilib, narsalar va ularning fikriy obrazlarini uzviy birlikda olib qaraydi. Shuning uchun dialektik tafakkur sofistik hamda metafizik tafakkurga xos kamchiliklardan holidir. Bunday tafakkur uslubi, turli munosabatlarda bo’lgan turli narsa va tushunchalarni tamoyilsiz va tasodifan birlashtiruvchi eklektik qarashga ham tubdan qarama- qarshidir. Dialektik tafakkurda narsalar bilan ularning mantiqiy obrazlari bo’lgan tushunchalarning ayniyligi, bilishning tabiiy harakat formasi bo’lib, bunda sub’ektiv dialektika ob’ektiv dialektikaning in’ikosi sifatida namoyon bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling