295
narsa va hodisalar haqida chuqur va mukammal bilimlarga ega bo’ladilar.
Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalari bir-biridan olamdagi narsa va
hodisalarni o’rganish jarayonida foydalanadigan ilmiy usullari bilan ham
farqlanadi.
Ilmiy bilishining empirik darajasida quyidagi usullar keng qo’llaniladi:
kuzatish, o’lchash, taqqoslash, ilmiy tajriba (eksperiment).
Kuzatish — voqelikdagi narsa va hodisalarning muayyan maqsadga
muvofiq qaratilgan hissiy bilish usulidir. Kuzatishning qay darajada bo’lishi
qo’yilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va hodisalar haqida
oldindan bilimga ega bo’lishiga bog’liqdir. Kuzatishda sub’ekt asboblardan
foydalaniladi. Asbob kuzatish darajasini kengaytiradi, kuzatilayotgan narsani idrok
qilish qobiliyatni kuchaytiradi. Kuzatish bevosita (asbobsiz) yoki vositali (asbob
bilan) olib boriladi. Kuzatish jarayonida sub’ekt ob’ektning miqdor va sifat
jihatlarini in’ikos ettiradi va aniqlab oladi.
O’lchash — bilish jarayonida narsaning miqdor tavsifnomasini aniq lash
usulidir. O’lchov odatda o’rganilayotgan predmetni aniq qayd etilgan xossa va
belgilarga ega bo’lgan boshqa biror bir predmet bilan nisbatlash yo’li orqali
amalga oshiriladi. O’lchash usuli orqali predmetlarning xossalarini, masalan,
mustahkamligini, murakkabligini va boshqa tomonlarini aniqlash mumkin.
Taqqoslash — bilish faoliyatida tatbiq qilinadigan usul bo’lib, bilimlarning
shakllanishi, rivojlanishida alohida bir bosqichdir. Ob’ektiv reallikdagi narsa va
hodisalarni «qayta o’rganish» jarayonida ma’lum bo’lgan bilimlar bilish
operatsiyasi bajarilayotgan vaqtda olingan bilimlar bilan taqqoslanadi. Izlanuvchi
avvalgi ma’lum bilimlarga tayangan holda izlanayotgan ob’ektga xos bo’lgan
o’xshash va farqli tomonlarni taqqoslash orqali aniqlaydi. Bu usul ma’lum
darajada fizika, matematika, kimyo, geologiya, biologiya va boshqa fan sohalarida
keng qo’llaniladi. Taqqoslash bir narsa yoki hodisaning ikkinchi bir narsa yoki
hodisadan farqli va o’xshash tomonlarini hamda ularning munosabatlarini
o’rganish usuli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |