Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

292
 
ochishga imkon beradi. Ilmiy bilish usuli tadqiqot turlarining mazmun va 
izchilligini o’z ichiga olgan holda amalda bajarilgan faoliyatining ta’siri sifatida 
yuzaga chiqadi. Usul — ilmiy bilishning tarkibiy qismi bo’lib, uning ob’ekti, tahlil 
mavzui, tadqiqot vazifalari, ularni hal etish uchun zarur bo’lgan vositalarida 
ifodalaydi. 
Har bir fan ob’ektini o’rganuvchi predmetning aniq izlanish usuli bo’lib, bu 
usul xususiy, umumiy va eng umumiy usul bo’lishi mumkin. Ilmiy bilish 
masalasida usul muammosi bilan eng qadimgi falsafada Arastu shug’ullangan. 
Birinchi marotaba fanni usul tizimi asosida o’rganish masalasini ingliz faylasufi 
F.Bekon ilgari surgan. U ilmiy bilishning induktiv va empirik usuliga asos solgan. 
R.Dekart esa bilimda ob’ekt bilan sub’ekt munosabati masalasida tafakkurning 
o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatgan. I.Kant bilishni aloxida shakllariga ega 
bo’lgan o’ziga xos faoliyat sifatida tahlil qilishga asos soldi. Bu masalani hal 
etishda ayniqsa Gegel qarashlari aloxida ahamiyat kasb etadi. U bilishning
umuman ma’naviy faoliyatning umumiy usulda — dialektikaning rolini garchi 
idealistik asosda bo’lsada, ko’rsatib beradi. 
Ilmiy tadqiqot jarayonida bilishning aniq shakli va usullaridan foydalanish 
orqali ilmiy bilimlar vujudga keladi, rivojlantiriladi. Har bir bilim sistemasida 
ilmiy tadqiqot jarayonida kelib chiqqan muammo yoki masalaning qo’yilishi va hal 
qilishda maxsus usullardan foydalaniladi. Ular esa tarixiy aniq bilish jarayonida 
vujudga keladi, rivojlanadi. Shuning uchun ham har bir fanning o’z predmeti va 
tadqiqot usuli mavjuddirki, ular o’zi o’rganayotgan ob’ektga nisbatan maxsus 
amaliy va nazariy tadqiqot usuli asosida yondashadi. 
Demak, ilmiy bilish jarayonida har bir fan o’zining maxsus xususiy 
usullarini ishlab chiqishi zarur, shu bilan birga o’zining ma’lum tadqiqot ob’ektiga 
ega bo’lishi kerak. Lekin ba’zi bir fanlar bir-biriga yaqindir. Shu sababga ko’ra, 
ularning tadqiqot usullari ham bir-biriga yaqindir va tatbiq qilish chegarasiga ko’ra 
bir-biriga samarali foyda keltirishi mumkin. Demak, bilishda xususiylik va 
umumiylik vazifasini bajaruvchi usullar ham mavjuddir. Ko’pchilik fanlarda 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling