Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

293
 
qo’llaniladigan usullar umumiy usul deyiladi. Umumiy usul qo’llanishi doirasiga 
ko’ra umumiy, lekin o’z maxsus vazifasiga ega. 
Bizni o’rab turgan dunyo narsa va hodisalari ko’p qirrali, ko’p sifatlilik 
xususiyatiga ega. Ularni birdan tushunish, bilish mumkin emas. Shuning uchun 
bilish metodologiyasi bizga bilishning umumiy usuli va tafakkur usulini, 
rivojlanish qonunlarini asoslab beradi. Har bir aniq fanning o’zi qo’llaydigan 
xususiy usullari asosida bilim sistemasi chuqurlashib borsa, umumiy usulni tatbiq 
qilish orqali izlanish doirasi yanada kengayib boradi. Masalan, fizika, kimyo, 
biologiya singari fanlar xususiy usullar orqali izlanish bilan bu predmetlar doirasi 
chuqurlashsa, izlanishning umumiy usuli (masalan, modda tuzilishiga ko’ra, 
energiyaning saqlanish va aylanish nazariyasiga ko’ra) orqali esa ularning bilim 
doirasi yanada kengayadi. Fan tarixida tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlar tizimi va har 
bir tizimni tashkil etuvchi aniq predmetlar vujudga kelgan ekan, ularning har biri 
aniq tadqiqot usuliga ega. Ularning tadqiqot usullarida esa umumiy, o’xshash 
tomonlar bo’lishi mumkin. 
Ilmiy bilishning hamma fan uchun tegishli bo’lgan umumiy usullari mavjud. 
Ilmiy bilishning bu metodlari fan taraqqiyotida garchi umumiy hisoblansa ham, 
dialektik usulga nisbatan xususiy bo’lishi mumkin. Lekin bu usullar (xususiy 
holda) dialektik (umumiy) usul bilan bog’langandir. Xususiylik bilan 
umumiylikning bog’lanishi qonuniy jarayondir. 
Har bir aniq usul ilmiy bilish jarayonida bir-biri bilan bog’liq yoki bir-biriga 
zid bo’lishi mumkin. Shuning uchun har bir usulni qo’llash bilimning haqiqiy 
bilim ekanligini isbotlashda va shu usul orqali bilim yanada chuqur va keng 
mazmun asosida boyib borishini ko’rsatadi. Masalan, klassik fizikaning 
rivojlanishi natijasida nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, elementar zarralar 
fizikasi kelib chiqdi. Mikrofizika qonunlarini o’rgatish va tahlil qilish natijasida 
uni klassik fizika tatbiq etishining o’ziga xos xususiyatlari aniqlandi. 
Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy tadqiqotning xususiy, umumiy va eng 
umumiy usullari mavjud bo’lib, ular o’zaro bir-biri bilan bog’liq. Dialektik usul 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling