Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

300
 
vositasi mavhumlik usuli hisoblanadi. Tafakkurning o’zini tasavvur vositasi bilan 
voqelikni bilish usuli deb qarash mumkin. 
Tasavvur predmetni bilib olishning eng muhim usulidir. Tasavvur vositasi 
bilan muayyan munosabatdagi muhim xossa munosabatlar mohiyati ochiladi. 
Tasavvur usuli voqelik hodisalarini chuqurroq, to’g’riroq aks ettiradi. Bu usul 
asosida tadqiq qilinayotgan ob’ekt fikran tahlil qilinadi, mavhum ta’riflarga 
bo’linadi. Bu ta’riflarning tuzilishi aniq bilimga erishish vositasidir. Fikrning bu 
harakati mavhumlikdan aniqlikka tomon yuqorilab borish usuli hisoblanadi. 
Aksiomatik usul tadqiqotning aksiomalarga asoslanib nazariy xulosalar 
chiqarish usulidir. Asos qilib olingan aksiomalar esa muayyan nazariy tizimda 
isbotlanmay, haqiqiy deb qabul qilinadi. Nazariy bilimlar to’la ravishda 
aksiomalardan deduktiv yo’l bilan chiqariladi. Aksiomatik usulga muvofiq 
natijalar sifatida ulardan xulosa chiqariladi. 
Aksiomatik usulga yaqinroq bo’lgan, lekin undan farq qiluvchi gipotetik 
deduktiv usul bo’lib, bu usulning asosi aksioma emas, balki tajriba ma’lumotlari 
majmuidir. 
Tarixiylik va mantiqiylik ob’ektiv dunyo taraqqiyot jarayonlarining muhim 
xususiyatlarini bilish usulidir. Tarixiylik usuli narsa va hodisaning ro’y berish 
vaqti, davri, aniq vujudga kelishi, rivojlanishini bilish usulidir. Har bir hodisani 
tarixiy nuqtai nazardan, aniq tajriba asosiga bog’lab o’rganmoq zarur.
Tarixiylik usulining o’ziga xos xususiyati tarixiy harakatni uning butun 
boyligi bilan payqab olishga intilishdir. Har bir narsaning tarixini ochib berish 
uning taraqqiyotidagi asosiy tarixiy bosqichlar, ularning aloqalarini ajratib 
ko’rsatishni talab qiladi. Buning uchun esa uning mohiyati haqida nazariy bilim 
bo’lishi kerak. Mantiqiy usul predmetning mazmunini nazariy shaklda tadqiq qilish 
usuli hisoblanadi. Bu usul tadqiqot ob’ektining eng muhim aloqalarini bilib olishga 
imkon beradi. 
Mantiqiy bilish usuli ob’ektiv reallikni, uning aloqalarining butun rang-
barangligini aks ettirish vazifasini bajaradi. Tafakkur uslubi orqali vujudga kelgan 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling