302
Gipoteza - olam haqidagi ilmiy manzarani konkretlashtirish yoki uni yangi
g’oyalar, bilimlar bilan boyitishga qaratilgan bo’ladi. Gipoteza bilish jarayonida
isbotlansa olam haqidagi ilmiy manzaraning tomoyiliga aylanish yoki yangi ilmiy
tamoyilning kelib chiqishga asos bo’lishi mumkin.
Olam haqidagi ilmiy manzarani yaratishda ilmiy nazariya katta o’rin
egallaydi. Ideallashtirish aksiomatik, gipotetik, deduktiv usullari asosida yaratilgan
ilmiy nazariya narsa va hodisalarning eng chuqur aloqalarini aks ettiradigan, ilmiy
asoslangan, sistemalashtirilgan bilimlar tizimini tashkil etadi. Ilmiy nazariyaning
poydevorini bilishning empirik va nazariy darajalarida to’plangan ma’lumotlar
tashkil etadi, ayniqsa nazariy darajada qo’lga kiritilgan ma’lumotlar asosiy rol
o’ynaydi.
Nazariy bilimlar asosida voqelikdagi narsa va hodisalarning taraqqiy etish
qonuniyatlarini izohlash yoki ularni bashorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Hodisalarni izohlash ilmiy nazariyadagi qonunlardan ma’lum xulosalar chiqarish
demakdir. Bashorat qilish ilmiy qonunlar talablarini e’tiborga olgan holda
hodisalarning kelgusi taraqqiyotini oldindan ko’ra bilishdir. Bundan yaqqol kurinib
turibdiki, hodisalarni izohlash, ularning taraqqiyot yo’nalishlarini oldindan ko’ra
bilishda nazariy bilimlar, qonunlar asosiy rol o’ynaydi.
Shunday qilib, ilmiy bilish bir-biri bilan uzviy bog’langan, bir-birini
to’ldiradigan empirik va nazariy darajalardan tarkib topgan bo’lib, olamdagi narsa
va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonunlarini bilish, ularga ongli
ravishda yondashi imkoniyatini beradi. Bilish jarayonida qo’lga kiritilib falsafiy
g’oyalar bilan boyitilgan ilmiy axborotlar kishilarning dunyoqarashini
shakllantirish, ularning bunyodkorlik faoliyatini oshirishda qudratli ma’naviy kuch
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |