Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
298
o’xshashlik, muvofiqlik yotadi. Modellashtirish usuli ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba’zi hollarda murakkab ob’ektlarni o’rganishning yagona vositasi hisoblanadi. Bu usul o’rganish qiyin bo’lgan ob’ektlarni tadqiq etishda qo’llaniladi. Masalan, yirik fizik Borning atom modeli atomning murakkab xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Bu usul ob’ektning faqat ma’lum xususiyat va munosabatlarinigina emas, balki yangi xususiyat va munosabatlarini ham aniqlash usuli hisoblanadi. Modellar ikki xil: moddiy va g’oyaviy bo’lishi mumkin. Moddiy narsalardan yasalgan modellar moddiy modellar deyiladi. Bu modellar ob’ektlarning taraqqiyot jo’shqinligini, ularning mohiyatini ifodalovchi zaruriy, qonuniy aloqalarni, munosabatlarni qayta hosil qiladi. G’oyaviy modellar esa g’oya shaklida mavjud bo’lishi mumkin. Masalan, matematik modellash fizik jarayonlarning matematik ifodalaridir. Matematik modellash ob’ektiv yaxlit tekshirish va tadqiq ko’lamini o’rganish imkonini beradi. Kibernetik moslamalar, EHMlar shu usul asosida vujudga kelgan. Hozirgi ilmiy bilish jarayonida keng qo’llaniladigan usul — tizimlash usulidir. Murakkab ob’ektlarni ilmiy bilishda bu usul qo’llaniladi. Tizimli usullash o’z ichiga muayyan tarzda o’zaro bog’langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil etadigan unsurlar majmuini o’rganishni oladi. Bu usul asosida o’rganilayotgan yoki izlanayotgan ob’ektning boshqa ob’ekt bilan umumiy bog’lanishlari, munosabatlari ochiladi. Har bir tadqiq ob’ekti va uni tashkil etuvchi unsurlar bir butun tizim deb olinsa, shu tizimni tashkil etuvchi har bir usul bir-biri bilan o’zining tutgan o’rni, vaqti va imkoniyatlariga ko’ra funktsional bog’langan. Bu unsurlardan birining o’zgarishi ikkinchisining ham o’zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham bu unsurlarni o’rganish tizimlash usuliga asoslanadi. Har bir tizimni o’rganishda uni boshqa tizimlar bilan birgalikda olib qarash kerak. Lekin bu tizimlarni birdaniga, bir vaqtda bilish mumkin emas, lekin ularni bilish, bir- biridan ajratish, o’zaro bog’liqlikda olib qarash mumkin. Ilmiy bilishning empirik darajasi uch bosqichdan iborat bo’lib, uning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling