Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

297
 
turgan ob’ektiv borliq murakkab va ko’p qirrali bo’lib, aniq narsa va hodisalardan 
iborat. Ular xilma-xil xususiyat va sifatlarga ega. Ana shu ko’p qirrali, murakkab 
narsa va hodisalarni o’rganish va bilish, ular to’g’risidagi tushunchalarimizni 
chuqurlashtirish uchun shu narsa va hodisalarni tarkibiy qismlarga ajratish, analiz 
qilish kerak. Lekin bu usul bilan shu narsalarni to’la bilish mumkin emas, shuning 
uchun u sintez yo’li bilan to’ldiriladi.
Sintez analizning natijalariga suyanib, narsa va hodisalarning bir butun 
sifatini o’rganadi. Sintez analiz natijasida fikran bo’lingan elementlarni qaytadan 
tiklash, ularni birlashtirish, ilgarigi yaxlitlikni fikran vujudga keltirish usulidir. 
Analiz tadqiqot jarayonida bilishning tayyorgarlik ko’rish bosqichi 
hisoblansa, sintez uni yakunlaydi. Analiz va sintez yordamida o’rganilayotgan 
hodisalarning empirik qonuniyatlari aniqlanadi, shakllanadi. 
Empirik qonun empirik bilimiing yuqori shakli hisoblanadi. Empirik 
bilimlarni umumlashtirishda induktiv usulidan foydalaniladi 
Ilmiy bilishda induktiv usul asosida qonuniyatlar ochiladi, tushunchalar 
maydonga keladi. Bu usul narsa va hodisalarning sababiy bog’lanishlarini 
tekshirish usuli hisoblanadi. Induktsiya deduktsiya bilan mustahkam bog’langan. 
Analogiya (moslik, ayniylik, o’xshashlik) usuli yordamida ikki predmetning 
o’xshash xususiyatlari o’rganiladi. 
Ideallashtirish bilish jarayonida ob’ektni qulaylashtirish usuli. Bu usulda 
real ob’ekt ideal ob’ekt bilan almashtiriladi. Bu usul tabiiyot fanlarining tadqiqot 
usuli hisoblaiadi. Masalan, fizikada shunday usul orqali fizik ob’ektlar: ideal gaz
mutlaq qattiq jism, mutlaq qora jism, geometriya fani o’rganayotgan ob’ektlar, 
to’g’ri chiziq, kvadrat, shar va boshqalarni ideallashtirilgan ob’ektlar deb qarash 
mumkin. Ideallashtirish usulida real predmet ega bo’lmagan xossalarni o’rganish 
usuli hisoblanadi. U reallikning nisbatan ishonchli manzarasini hosil qilishga 
yordam beradi. Bu xol amaliy maqsad uchun yetarli hisoblanadi. 
Modellashtirish borliqni bilvosita o’rganishga asoslangan ilmiy usuldir. 
Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan ob’ekt bilan uning modeli o’rtasidagi 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling