Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

285
 
bo’lib, ular o’rganilishi lozim bo’lgan narsalarni o’rganishda aqlni to’g’ri yo’ldan 
chalkashtiradi va yolg’onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qiladi, o’rganmoqchi 
bo’lgan kishini to’g’ri yo’ldan adashtiradi. 
Forobiy mantiq qonunlariga qat’iy bo’ysuniladigan bo’lsa, inson aqli sofistik 
tafakkurdan halos bo’lishi mumkin, deb ta’kidlagan edi. «Sillogizmlarni 
o’rganadigan bo’lsak, narsalarning bir-birlaridan farqlarini ishonch bilan topa 
olamiz va agar biz e’tirof kilsak, munozaralarda anglashilmovchiliklarga va 
chalkashliklarga yo’l qo’ymaymiz»
1

Ko’rinib turibdiki, sofistik tafakkur tushunchalar, so’zlar va ular 
ma’nolarining ikkiyoqlamaligidan kelib chiqar ekan, demak u o’z-o’zidan kelib 
chiqmagan, uning o’ziga xos gnoseologik ildizlari bor. 
Ma’lumki, inson tushunchalari harakatchan, o’zgaruvchan, ixcham, o’zaro 
aloqador, ziddiyatli, biri ikkinchisiga o’tib turadi. Agar ana shu tushunchalar 
ixchamligidan inson tomonidan o’z holicha, sub’ektiv foydalanilsa, osongina 
sofistikaga og’ib ketish mumkin. 
Sofistik tafakkurda bir xil tushunchalar, so’zlar, iboralarning boshqalari bilan 
formal bog’lanish zaruriyati birinchi galdagi vazifadir. Bu aslida ma’nosiz 
tushunchalar o’yinidan boshqa narsa emas. Sofistik tafakkur predmetli asosga ega 
bo’lgan so’zlar, tushunchalar bilan. Shuning uchun ham u (sofistika) tushunchalar 
doirasi bilan chegaralanib qoladi. F.Bekon ta’biri bilan aytganda, sofistlar haddan 
tashqari mahmadonadirlar, amalda esa ulardan hech qanday naf yo’q. Sofistik 
tafakkur formal ta’riflar bilan cheklanganligi uchun ham u narsalar taraqqiyotini 
boshqaradigan chuqur ichki jarayonni tushunishga qodir emas. 
Muhokama yuritilayotgan narsaning moddiy asosini hisobga olmaydigan 
mavhum tushunchalardan iborat sofistik tafakkurdan farqli o’laroq, metafizik 
tafakkur, asosan, narsalar bilan fikr yuritadi. Mana shu ma’noda tafakkurning 
metafizik uslubi sofistik tafakkurni inkor etadi. 

1
Ал-Фараби. Логические трактаты.-Алма-Ата, 1975.- стр.-438. 







Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling