Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
281
kategoriyalarining o’zaro aloqadorligini asoslab bergan olim. Uning fikricha, sabab va oqibat bir biri bilan uzviy bog’langan, muayyan sabab muayyan oqibatni keltirib chiqaradi, tasodif zaruriyatning namoyon bo’lish shakli. Bundan yaqqol kurinib turibdiki, Forobiy tafakkur shakllari va usullarini tadqiq etishda asosiy e’tiborni mazkur tushunchalar o’rtasidagi dialektik aloqadorlik va bir-biriga o’tishini ochib berishga harakat qilgan. Dialektika ta’limotining rivojlanishida XVIII-XIX asrlarda ijod etgan nemis klassik faylasuflari I.Kant, I.Shelling, Gegelning xizmatlari alohida e’tiborga sazovordir. I.Kantning ta’limotiga ko’ra, inson aqli tabiatan antinomiyalidir, ya’ni ziddiyatlarda ikkilanuvchidir. Shuning uchun qarama qarshi fikrlarni bab-barabar isbotlash yo’li bilan asoslab berish mumkin. Masalan, olam ham nihoyalidir va ham chegaralari yo’qdir, bo’linmas zarrachalar (atomlar) bor va bunday zarrachalar yo’q va hokazo. Uningcha, ziddiyatlar har qanday holda faqat zoxiriydir. I.Shellingning ta’limotiga ko’ra, mutlaq ruh «Men» ob’ektivlik va sub’ektivlik kabi qarama-qarshilikning birligidan iborat. Ularning kurashi tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar harakatining manbaidir. Uningcha, ruh sub’ektiv va ob’ektivlik birligidan iborat bo’lib (tezis), taraqqiyot jarayonida tabiatning shakllanishiga olib keladi (antitezis) va nihoyat tabiatdan yana ob’ektivlik va sub’ektivlikning birligi bo’lgan yuqori darajadagi ruhning taraqqiyotiga olib keladi (sintez). Gegel falsafasining tarixiy ahamiyati shundan iboratki, u idealistik nuqtai nazardan bo’lsada, dialektikaning uch asosiy qonuni: 1) qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi qonuni; 2) miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga o’tish qonuni; 3) inkorni inkor etish qonuni mohiyatini chuqur va atroflicha asoslab berdi. SHuningdek, Gegel asarlarida mazkur qonunlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan kategoriyalar tizimi, mohiyat va hodisa, qonun, qonuniyat; zaruriyat va tasoddif, sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik, mazmun va shakl, yakkalik, xususiylik, umumiylik kabi falsafiy kategoriyalarning tizimini ishlab chiqadi. Gegel ta’limotining yana bir muhim qismini uning bilish nazariyasi tashkil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling