Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
279
- haqiqatga yoki falsafaga faqat dialektik bahs orqali erishishi mumkin» 1 . Forobiyning «Dialektika» va boshqa asarlarida mazkur falsafiy tafakkur usulining fikrlar kurashi hamda ilmiy bilishdagi ahamiyatini har tomonlama asoslab bergan. Shuningdek, u dialektika tushunchasining shakllanish tarhini ko’rsatib bergan.Forobiyning yozishicha, yunon faylasuflari Geraklit, Zenon dialektika atamasidan foydalanmagan bo’lsalarda, dialektik tafakkurlash sa’natiga asos solganlar. Keyinchalik, deydi Forobiy, eleatlar va sofistlar dialektik fikrlash san’atini o’zlarini dono hamda haqiqatni yolg’on qilib ko’rsatish uchun foydalanib keldilar.Dialektika, Forobiyning fikricha, haqiqiy bilimning quroli va xizmatchisidir. Faqat dialektika inson aqliy faoliyatini sofistika va shunga o’xshashlardan himoya qilib haqiqatni bilishga yordam beradi. Dialektika san’atining foydasi shuki, u haqiqatni bilishga ko’maqlashadi 2 .Sofistikaga qarshi, birinchi bo’lib, Aflotun chiqdi, - deb ko’rsatadi Forobiy. Aflotun dialektikani bahslashish yo’li bilan tafakkurdagi mavjud bo’lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga qaratilgan usul deb hisoblagan edi. Aflotun, «dialektika — borliqning mohiyatini, haqiqatni aks ettiruvchi yagona usul, u barcha fanlarning tepasida joylashib ularni karniz kabi bezab turadigan bilimdir», shuning uchun ham «boshqa fanlarni dialektikadan ustun qo’yish noto’g’ridir» 3 , deb hisoblagan edi. Forobiy, Aflotunning fikrlarini yuqori baholab, u haqiqatni ochib beradigan to’g’ri usulni ishlab chiqa oldi, deb ko’rsatadi. Yunon faylasuflarining dialektika usuli haqidagi g’oyalari antik davrning yirik olimi Arastu tomonidan yanada rivojlantirildi. Arastu o’zining «Topika», «Ritorika» va boshqa asarlarida «dialektikaning maqsadi suhbatdoshning fikrini inkor etishga qaratilgan», deb ko’rsatadi. Forobiy esa bunga o’z tomonidan qo’shimcha qilib, dialektika nafaqat bahslashuvchi izhor qilgan fikrni inkor etishi, 1
405-bet. 2 O’sha joyda.-360-592-betlar. 3 Платон. Соч. В трёх томах. T.3.I-Часть.-М.,1971.-С.275, 278, 285, 347, 350. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling