275
XX asr falsafasida keng tarqalgan pragmatizm oqimining namoyondalari
Djon Dyui, Uilyam Djeyms, Charlz Pirs va boshqalar haqiqat mezonini uning
foydaliligi tashkil etadi, degan g’oyani ilgari surgandilar. «Vena to’garagi»
a’zolari, pozitivizm oqimining vakillari V.Karnap, O.Neyrat, V.Kraft va boshqalar
fan kashfiyotlari kishilarning hissiy a’zolari orqali isbotlangandagina haqiqat
bo’lishi mumkin deb hisoblaydilar. Hissiy a’zolarimiz asosida isbotlab
bo’lmaydigan nazariyalarni, ularning fikricha, haqiqat turkumiga kiritish mumkin
emas.
Ilmiy falsafa ta’limotiga muvofiq, haqiqatning mezonini amaliyot tashkil
etadi. Inson faoliyatining majmui hisoblangan amaliyot kishilarning tarixan yuzaga
kelishi jarayonida shakllanib, barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo’lida rivojlanadi va
mukammallashadi. Amaliyot inson uchun bilish ob’ekti bo’lgan olam bilan
bog’lanishdir.
Amaliyot o’zida sub’ektiv va ob’ektiv jihatlarni birlashtirgan jarayondir. U
ongli ravishda maqsadga yo’naltirilgan sub’ekt faoliyati bo’lib, u yoki bu
ob’ektning o’zgarishi bilan ro’yobga chiqadigan munosabatdir.
Amaliyot ko’p qirrali va sermazmun tushuncha bo’lib inson faoliyatining
barcha turlarini, tomonlarini qamrab oladi.
Amaliyotning bilish jarayonidagi ahamiyati quyidagilardan iborat:
Birinchidan, amaliyot bilish jarayonining maqsad va yo’nalishlarini
belgilaydi. Ob’ektiv olamni bilish odamlarning muayyan ehtiyojlarini qondirish
maqsadida amalga oshiriladi. SHu tariqa amaliyot bilishning maqsadini belgilab
beradi. Har qanday fanning vujudga kelishi amaliyotning u yoki bu talabiga
javobdir.
Ikkinchidan, amaliyot bilish jarayonining asosini tashkil etadi. Bu shundan
iboratki, bilishning bir-biri bilan uzviy bog’langan bosqichlari — hissiy va aqliy
bilish amaliyotga asoslanadi. Hissiy va aqliy bilish jarayonida qo’lga kiritilgan
ma’lumotlar amaliyot tufayligina yuzaga keladi. Bilish jarayonining o’zi inson
amaliyotining shakli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |