Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

273
 
inson ongida nisbatan to’g’ri in’ikos etishidir. Amaliyot va fan taraqqiyotida bu 
haqiqat tobora takomillashib boradi. Demak, ob’ektiv olamni taxminan to’g’ri 
in’ikos ettiradigan, to’la va aniq bo’lmagan, inson bilimining so’nggi taraqqiyoti 
jarayonida aniqlanishi va chuqurlashishi tobora to’laroq bo’lib boradigan ilmiy 
bilimlar (qoida, tushuncha va nazariyalar) nisbiy haqiqatdir. 
Nisbiy haqiqatni e’tirof qilish mutlaq haqiqatni inkor etish emas. Chunki 
bizning bilimlarimiz tayyor yoki qotib qolgan bilim bo’lmay, mutlaq haqiqatni 
bilish nisbiy haqiqatlarni bilish bilan boradi. Mutlaq haqiqatni birdaniga bilib 
bo’lmaydi, balki to’liq bo’lmagan taxminiy, ya’ni nisbiy haqiqatlar orqali bilinadi. 
Demak, bilish bilmaslikdan bilishga, mukammal bo’lmagan bilimlarning 
mukammallashib, aniq bo’lib borishini aks ettiruvchi cheksiz jarayondir. 
Olam cheksiz, undagi narsa va hodisalar doim harakatda. Demak, insonning 
bilish imkoniyati hech qachon oxiriga yetmaydi. Masalan, materiyaning tuzilishi 
to’g’risidagi bilimlarimizni olib ko’raylik. Ilgari materiyaning eng kichik zarrasi 
atom bo’linmasdir, deb hisoblanardi. Bu nisbiy haqiqat, chunki u materiya 
tuzilishining taxminiy to’g’ri in’ikosi edi. Bunda mutlaq haqiqat — materiya 
haqiqatdan atomlardan iborat, degan tasavvur mavjud edi. Materiya tuzilishi 
to’g’risidagi bilimlar rivojlanib, XIX asrning oxirida elektron — atomning tarkibiy 
qismi kashf qilindi. Bu kashfiyot materiya tuzilishi to’g’risidagi tasavvurga 
mugloq haqiqatning yangi zarrasini qo’shib, insonning materiya tuzilishi 
to’g’risidagi bilimini yanada chuqurlashtirdi. Hozirgi zamon tabiatshunoslik ilmi 
atomning murakkab tuzilishini ochib bermokda. Demak, fan sohasidagi har bir 
yangi qadam ilgarigi nazariyaga qaraganda chuqurroq, to’la va aniq bilimni beradi, 
ammo bu bilimni butunlay, mutlaq bilim deb bo’lmaydi. Chunki har qanday inson 
bilimi mazkur tarixiy davr chegarasidan chiqib ketmaydi. U ilm-fanning ayrim 
sohalarida o’z davri tafakkur taraqqiyotini o’n, hatto yuz yillab ortda qoldirishi 
mumkin, ammo, o’z davri farzandi bo’lib qolaveradi. 
Inson hamma vaqt tabiatni oxirigacha bilish tomon yaqinlashib boradi. 
Lekin u moddiy olam qonun va hodisalarini to’la-to’kis bilish darajasiga erisha 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling