Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
269
madaniyatni boyitadi, bilimni rivojlantiradi. Ijodni shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin: ilmiy ijod va badiiy ijod. Ilmiy ijod mavhum tafakkuri ustun rivojlangan kishilarga xos. Badiiy ijod esa tabiat va inson hayotidagi turli ohanglar, manzaralar, tuyg’ularni nozik idrok qiluvchi, hissiyotli kishilarga xos. Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, yozuvchilar, san’atkorlar faoliyati badiiy ijodga kiradi. Ba’zi kishilarda har ikki ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijod jarayonida tabiat va jamiyat hayotining ob’ektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda ma’naviy, hissiy muammolari, san’atkorning sub’ektiv, o’ziga xos qarashlari, his-tuyg’ulari aks etadi. Badiiy ijodda o’ziga xoslik bo’lmasa, bunday ijodning ijtimoiy va estetik qimmati yo’qoladi. Tasavvur hissiy bilishning yuqori bosqichi bo’lib, inson amaliy faoliyati natijasida maqsadga muvofiq ravishda hosil bo’ladi. Tasavvurning ilmiy, badiiy, diniy shakllari mavjud. Olimning tasavvuri orqali fahmlash, ilmiy tajriba, modelning shakllanishi uchun g’oya vujudga keladi, bu esa bilish uchun yordam beradi. Tasavvur ayniqsa badiiy ijodda katta ahamiyatga ega. Haqiqatni dalil bilan isbotlamasdan turib, to’g’ridan-to’g’ri, bevosita bilib, anglab olish qobiliyatini qadimgi faylasuflar intuitsiya (hissiy bilish) deb qaraganlar. XVII asr faylasuflari intuitsiyaning o’zigina ishonchli bilim bermaydi, faqat intellektual intuitsiyagina haqiqiy bilim beradi, deb hisoblaganlar. Hozirgi zamon faylasuflari (Bergson, Freyd) intuitsiyani butun ijodiy faoliyatni belgilovchi yashirin, qorong’i, ongsiz boshlang’ich ijod deb qaraydilar. Bunday qarash, esa narsa va hodisalar mohiyatini bilish mumkin emas deyishga olib keladi. Intuitsiya bilishning alohida bosqichi emas, balki jonli mushohada va mavhum tafakkur bilan uzviy bog’langan, yordamchi rol o’ynaydigan shaklidir. Dunyoni tajriba va tafakkurga tayanmasdan, faqat intuitsiya yordamida bilish mumkin deb da’vo qiluvchi falsafiy oqim — intuitivizm bo’lib, uning tarafdorlari intuitsiyani ongning ijtimoiy amaliyot va tafakkurga aloqasi bo’lmagan alohida xususiyati deb tushuntirishga urinadilar. Dialektika esa bilish jarayonida, ya’ni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling