266
Idrok qilinayotgan narsalar va hodisalar ichki qonuniyatli bog’lanishlarni
ochish uchun mavhum tafakkurga o’tishi kerak. Mavhum tafakkur esa voqeani
chuqur bilishga imkoniyat yaratadi. Hissiy bilish aniq narsalar obrazini hosil qiladi,
lekin u hodisalar mohiyatini ochib bera olmaydi. Demak, hodisalar mohiyatini
bilish uchun ayrim narsalarga emas, ko’p narsalarga xos bo’lgan umumiylikni
topmoq kerak.
Mavhum tafakkur hissiy bilishdan sifat jihatidan farq qiladi. U bevosita
aniq bitta narsadan uzoqlashib, bir nechtasiga xos bo’lgan umumiylikning
mohiyatini aniqlab beradi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi.
Masalan, grammatika ayrim so’zlar orqali umumiylikni belgilab beruvchi inson
tafakkurining mavhumlovchi ishidir.
Shunday qilib, hissiy bilish bilan mavhum tafakkur bir butun bilish
jarayonining sifat jihatdan turlicha bo’lgan va ayni vaqtda bir-biri bilan bog’liq,
bo’lgan bosqichlaridir. Mavhum tafakkur hissiy bilishdan kelib chiqadi, jonli bilish
esa qonuniyat bilan o’sib, mavhum tafakkurga asos soladi.
Mantiqiy bilish — bilishning rivojlanishidagi sifat jihatidan yangi, yuqori
pog’onasidir. Mantiqiy bilishda inson mantiqiy tafakkur yordamida voqelikning
rivojlanish qonuniyatlarini bilib oladi. Ob’ektiv reallikni bilish dialektikasida sezgi
va idrokning yuzaki obrazlari tasavvur obrazlaridagi abstraktsiya elementlari bilan
birlashib mavhum tafakkurga qarab aylanadi. Tafakkur esa, garchand jonli
mushohada materiallariga asoslansada, bilish jarayonining sifat jihatidan murakkab
bo’lgan yuqori bosqichidir.
Bizga ma’lumki, sezgi obrazlari tashqi olamning in’ikosidir, ya’ni tashqi
olam sezgimizga qanday ta’sir qilsa, shundayligicha aks etiladi. Lekin tafakkur
obrazlarida boshqacharoq, unda tashqi olamning ichki mohiyati, aloqa va
bog’lanishlari hamda rivojlanish qonun va qonuniyatlari aks etadi. Tafakkur
obrazlarining uchta asosiy xususiyati bor:
1.Tafakkur obrazlari mavhumlik xususiyatiga ega, ya’ni tafakkur obrazlari
hosil bo’lishi uchun ifoda qilinayotgan tashqi olam bevosita ko’z oldimizda
Do'stlaringiz bilan baham: |