Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

266
 
Idrok qilinayotgan narsalar va hodisalar ichki qonuniyatli bog’lanishlarni 
ochish uchun mavhum tafakkurga o’tishi kerak. Mavhum tafakkur esa voqeani 
chuqur bilishga imkoniyat yaratadi. Hissiy bilish aniq narsalar obrazini hosil qiladi, 
lekin u hodisalar mohiyatini ochib bera olmaydi. Demak, hodisalar mohiyatini 
bilish uchun ayrim narsalarga emas, ko’p narsalarga xos bo’lgan umumiylikni 
topmoq kerak. 
Mavhum tafakkur hissiy bilishdan sifat jihatidan farq qiladi. U bevosita 
aniq bitta narsadan uzoqlashib, bir nechtasiga xos bo’lgan umumiylikning 
mohiyatini aniqlab beradi, ularning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. 
Masalan, grammatika ayrim so’zlar orqali umumiylikni belgilab beruvchi inson 
tafakkurining mavhumlovchi ishidir. 
Shunday qilib, hissiy bilish bilan mavhum tafakkur bir butun bilish 
jarayonining sifat jihatdan turlicha bo’lgan va ayni vaqtda bir-biri bilan bog’liq, 
bo’lgan bosqichlaridir. Mavhum tafakkur hissiy bilishdan kelib chiqadi, jonli bilish 
esa qonuniyat bilan o’sib, mavhum tafakkurga asos soladi.
Mantiqiy bilish — bilishning rivojlanishidagi sifat jihatidan yangi, yuqori 
pog’onasidir. Mantiqiy bilishda inson mantiqiy tafakkur yordamida voqelikning 
rivojlanish qonuniyatlarini bilib oladi. Ob’ektiv reallikni bilish dialektikasida sezgi 
va idrokning yuzaki obrazlari tasavvur obrazlaridagi abstraktsiya elementlari bilan 
birlashib mavhum tafakkurga qarab aylanadi. Tafakkur esa, garchand jonli 
mushohada materiallariga asoslansada, bilish jarayonining sifat jihatidan murakkab 
bo’lgan yuqori bosqichidir. 
Bizga ma’lumki, sezgi obrazlari tashqi olamning in’ikosidir, ya’ni tashqi 
olam sezgimizga qanday ta’sir qilsa, shundayligicha aks etiladi. Lekin tafakkur 
obrazlarida boshqacharoq, unda tashqi olamning ichki mohiyati, aloqa va 
bog’lanishlari hamda rivojlanish qonun va qonuniyatlari aks etadi. Tafakkur 
obrazlarining uchta asosiy xususiyati bor: 
1.Tafakkur obrazlari mavhumlik xususiyatiga ega, ya’ni tafakkur obrazlari 
hosil bo’lishi uchun ifoda qilinayotgan tashqi olam bevosita ko’z oldimizda 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling