Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

267
 
bo’lishi shart emas. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu jarayon abstraktsiya deyiladi. 
2 Tafakkur obrazlari umumlashgan xususiyatga ega. Umumlashtirish esa 
bizga ta’sir etayotgan narsa yoki hodisaning barcha sifat va xususiyatlaridagi 
muhim bo’lmagan ikkinchi darajalilarini chetga surib, asosiy tomonlarini 
taqqoslash va fikran bir-biri bilan bog’lashdir. 
3.Tafakkur obrazlari til bilan bog’langandir. Bilish jarayonida paydo 
bo’layotgan har bir tushuncha til orqali ro’yobga chiqadigan ong omilidir. 
Mavhum tafakkur shakllari tushuncha, muhokama, xulosadir. Tushuncha 
tafakkurning alohida shakli bo’lib, u tashqi dunyo narsa va hodisalarining umumiy, 
zaruriy tomonlarini aks ettiradi.
Tushunchaaniq narsa va hodisalarning sifati, mohiyati va 
muayyanligining miyada alohida shaklda aks etishidir. Unda hodisadagi asosiy 
tomonlar umumlashtiriladi. Masalan, materiya tushunchasi umuman materiyaning 
belgilaridan qatiy nazar, ularning asosiy belgisi - moddiyligi materiya 
tushunchasida aks ettiriladi. Jumladan, daraxt deganda tol, terak, olma va boshqa 
daraxt turlari va belgilaridan fikran uzoqlashamiz va ular uchun eng umumiy 
belgilarni olamiz. Fandagi tushunchalar ham xuddi shunday. 
Har bir fanning o’ziga xos tushunchalari bor. Masalan, astronomiyada 
koinot, sayyora kabi tushunchalar, biologiyada oqsil, hujayra, nasl kabi 
tushunchalar bor. Har bir fanni bilish, tushunish fandagi tushunchalarni bilish 
demakdir. Tushuncha mazmunan ob’ektivdir. 
Muhokama orqali ob’ektiv dunyodagi qonuniyatlar ongda aks ettiriladi. 
Yakka muhokama ayrim dalillarda o’z aksini topsa, umumiy muhokama umumiy 
qonunlarni ifoda etadi. Masalan, energiyaning aylanishi shakli yoki har bir harakat 
shaklining biridan ikkinchisiga o’tishi haqidagi qonunlar. Birinchi misol, 
tabiatning ayrim tomoniga to’g’ri kelsa, ikkinchisi umumiy qonunni aks ettiradi. 
Demak, muhokama biror narsa yoki hodisa haqida biror nima deyish, uni 
tasdiqlash yoki inkor etishdir. Masalan, «yomg’ir yog’di», «samolyot uchdi», 
«Ahmad kuldi». 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling