265
Biz sezgilarimiz yordamida narsa va hodisalarni bilib olamiz va idrok
qilamiz, ularning xossalarini, o’xshashliklarini, farqlarini anglaymiz. Sezgi harakat
qiluvchi materiyaning obrazi sifatida idrok uchun asos bo’ladi. Idrok ham
ongimizni tashqi dunyo bilan bevosita bog’laydi. U sezgidan sifat jihatdan farq
qilib, predmetning butun obrazini beradi. Idrok narsaning turli xossalarini qayta
ishlab, ularni birlashtiradi. Demak, idrok deganda turli sezgi a’zolari bergan
ma’lumotlar asosida miyada tashqi qo’zg’atuvchining — bir butun obrazi hosil
bo’lishi tushuniladi.
Sezgi va idrok tashqi dunyo narsalarining ob’ektiv to’g’ri in’ikosini beradi.
Bu in’ikosning to’g’ri ekanligi amaliyotda isbotlanadi. Inson o’zining amaliy
faoliyatida o’zi idrok qilayotgan narsa bilan odamning o’zida shu narsa to’g’risida
hosil bo’lgan sezgi va idrokning o’xshashligini belgilaydi. Inson tashqi dunyo
narsalarini o’zgartirishi mumkin.
Asboblardan foydalanish jonli mushohadada katta ahamiyatga ega. Masalan,
biologiya, fiziologiya sohasida tajriba o’tkazishda mikroskopni qo’llash shu
fanning rivojlanishini tezlashtiradi. Chunki u inson ko’zi bilan ko’rolmaydigan
xususiyatlarni ko’rishga yordam beradi. Asbobning takomillashishi yangi
kashfiyotlarni
vujudga
keltiradi.
Mikroskop
yordamida
organizmlarning
hujayralardan tuzilganligi aniqlandi, kasalliklarni tug’diruvchi mikroblar topildi.
Elektron mikroskop mikrodunyo hodisalarini o’rganish sohasida tajriba
o’tkazishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Amaliy faoliyat, fan va texnikaning rivojlanib borishi insonga har xil
vositalar, asbob va uskunalar yaratish va hissiy bilish chegarasini kengaytirish
imkoniyatini beradi. Demak, sezgi, undan keyin esa idrok ob’ektiv olamning
sub’ektiv obrazini hosil qiladi. Tasavvur — mavhum tafakkurga o’tishdagi oxirgi
bosqichdir. U narsa va hodisalarning avvalgi ta’siri natijasida xotiramizda qolgan
taassurotlarning qaytadan esga olinishi bilan bog’liqdir. Tasavvurdagi yangi
obrazlar ilgarigi obrazlar bilan taqqoslash orqali yuzaga kelishi mumkin. U
mavhum tafakkur uchun asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |