Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
273
inson ongida nisbatan to’g’ri in’ikos etishidir. Amaliyot va fan taraqqiyotida bu haqiqat tobora takomillashib boradi. Demak, ob’ektiv olamni taxminan to’g’ri in’ikos ettiradigan, to’la va aniq bo’lmagan, inson bilimining so’nggi taraqqiyoti jarayonida aniqlanishi va chuqurlashishi tobora to’laroq bo’lib boradigan ilmiy bilimlar (qoida, tushuncha va nazariyalar) nisbiy haqiqatdir. Nisbiy haqiqatni e’tirof qilish mutlaq haqiqatni inkor etish emas. Chunki bizning bilimlarimiz tayyor yoki qotib qolgan bilim bo’lmay, mutlaq haqiqatni bilish nisbiy haqiqatlarni bilish bilan boradi. Mutlaq haqiqatni birdaniga bilib bo’lmaydi, balki to’liq bo’lmagan taxminiy, ya’ni nisbiy haqiqatlar orqali bilinadi. Demak, bilish bilmaslikdan bilishga, mukammal bo’lmagan bilimlarning mukammallashib, aniq bo’lib borishini aks ettiruvchi cheksiz jarayondir. Olam cheksiz, undagi narsa va hodisalar doim harakatda. Demak, insonning bilish imkoniyati hech qachon oxiriga yetmaydi. Masalan, materiyaning tuzilishi to’g’risidagi bilimlarimizni olib ko’raylik. Ilgari materiyaning eng kichik zarrasi atom bo’linmasdir, deb hisoblanardi. Bu nisbiy haqiqat, chunki u materiya tuzilishining taxminiy to’g’ri in’ikosi edi. Bunda mutlaq haqiqat — materiya haqiqatdan atomlardan iborat, degan tasavvur mavjud edi. Materiya tuzilishi to’g’risidagi bilimlar rivojlanib, XIX asrning oxirida elektron — atomning tarkibiy qismi kashf qilindi. Bu kashfiyot materiya tuzilishi to’g’risidagi tasavvurga mugloq haqiqatning yangi zarrasini qo’shib, insonning materiya tuzilishi to’g’risidagi bilimini yanada chuqurlashtirdi. Hozirgi zamon tabiatshunoslik ilmi atomning murakkab tuzilishini ochib bermokda. Demak, fan sohasidagi har bir yangi qadam ilgarigi nazariyaga qaraganda chuqurroq, to’la va aniq bilimni beradi, ammo bu bilimni butunlay, mutlaq bilim deb bo’lmaydi. Chunki har qanday inson bilimi mazkur tarixiy davr chegarasidan chiqib ketmaydi. U ilm-fanning ayrim sohalarida o’z davri tafakkur taraqqiyotini o’n, hatto yuz yillab ortda qoldirishi mumkin, ammo, o’z davri farzandi bo’lib qolaveradi. Inson hamma vaqt tabiatni oxirigacha bilish tomon yaqinlashib boradi. Lekin u moddiy olam qonun va hodisalarini to’la-to’kis bilish darajasiga erisha |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling