270
bilimlarning vujudga kelishida, intuitsiya ahamiyatga ega deb ta’lim beradi.
Hissiy bilish bilan mantiqiy bilishni ajratib bo’lmaydi va bunday ajratish
muqarrar ravishda bilish jarayonini noto’g’ri tushunishga olib ketadi.
Empirizm (yunoncha «empeiria» — tajriba so’zidan) namoyandalari
bilishdagi abstrakt tafakkurning roliga yetarli baho bermaydilar va hissiy
tajribagina insonga dunyoning chinakam manzarasini yaratib beradi, deb
hisoblaydilar.
Ratsionalizm (lotincha «rationalis, ratio» — aql so’zidan) namoyandalari
sezgi a’zolariga ishonmaydilar va aqlni, abstrakt tafakkurni haqiqiy bilimning
birdan-bir manbai deb biladilar.
Modomiki, hissiy bilish bilan mantiqiy bilish birlikda maydonga chiqar
hamda bir-birini to’ldirar va boyitar ekan, bilishda sezgilar beradigan
ma’lumotlarga ham, aqliy xulosalarga ham mensimaslik bilan qarash mumkin
emas.
Sezgi organlarimiz orqali biz narsalarning xossasini, xususiyatlarini his
qilamiz, aqliy bilish tufayli biz ularning moddiy asosini, mohiyatini; bilishga
muyassar bo’lamiz.
«Bilki, - deb yozadi, - Abu Nasr Forobiy, (olamda) substantsiya (javhar) va
aktsidentsiya (javhar bo’lmagan, oraz) hamda substantsiya, aktsidentsiyani
yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo’kdir».
Aktsidentsiyani besh sezgi his etadi, ular o’rtasida hech qanday vosita
yo’qdir, masalan, ko’rish o’zicha rangni his etadi, shu bilan u oq va qorani bir-
biridan farq qiladi; eshitish o’zicha baland hamda past ovozlarning farqini sezadi;
ta’m-maza sezgisi turli ta’mlarni qabul qiladi, shirin va achchiq ta’mlarning farqini
ajratadi; teri sezgisi predmetlarning holatini sezadi va ularning yumshoq yoki
qattiqlik holatini farq qila oladi.
Substantsiyani faqat aql qabul qiladi va bunda aktsidentsiya aql uchun vosita
bo’lib xizmat qiladi. Aql ranglar ostida shu rangga ega bo’lgan narsa borlig’ini,
ovoz ketida ovozi kelayotgan narsa mavjudligini biladi, aqlning boshqa sezgilar
Do'stlaringiz bilan baham: |