271
bilan munosabati ham shuning kabidir»
1
.
Ibn Sinoning fikricha, «Aql tarozisida o’lchanmagan har qanday bilim chin
bo’lolmaydi, demak u haqiqiy bilim emas».
Hissiy va aqliy bilish jarayonining dialektik birligi haqiqatga erishishning
yakkayu — yagona yo’lidir.
6.3.Falsafada haqiqat muammosi
Bilish nazariyasida ham boshqa fan sohalaridagidek, dialektik tarzda
mulohaza qilish lozim, ya’ni bilish jarayonini tayyor, qotib qolgan holda emas,
balki to’la bo’lmagan, noaniq bilimlarimiz qanday qilib to’laroq va aniqroq
bilimga aylanishini aniqlash kerak.
Olam doim harakatda, o’zgarish va taraqqiyotda. Taraqqiyotning,
harakatning har bir yangi bosqichida moddiy olamdagi har bir narsa va hodisaning
yangi sifat va xususiyatlari vujudga keladi. Shuning uchun olamni va uning
taraqqiyot qonunlarini bilish uchun imkoniyat cheksiz. Har bir tarixiy davrda inson
o’zining amaliy faoliyati natijasida ob’ektiv olamni to’liq va aniq aks ettiruvchi
bilimga ega bo’lib boradi. Bilim esa, ob’ektiv mavjudlikka mos keladimi yoki
yo’qmi? Bu masalaning hal qilinishida haqiqat to’g’risidagi ta’limot o’z ifodasini
topadi. Bu ta’limot esa o’z-o’zidan haqiqat nima, degan masalani hal qilishni talab
qiladi. Bu masalani yoritishda falsafada turli fikrlar mavjud. Haqiqat masalasini
ilmiy asosda hal qilishning yagona yo’li inson bilimlari bilan ob’ektiv olamdagi
real narsa va hodisalar, ularning sifat va xususiyatlari o’rtasidagi munosabatni
yoritishdir. Shunday ekan, haqiqat ob’ektiv voqelikka mos keluvchi narsalar va
hodisalarning real holatdagi mazmunini, sifat va xususiyatlarini to’g’ri aks
ettiruvchi hamda amaliyotda sinalgan bilimlaridir.
Sezgilar insonni tashqi olam bilan bog’lovchi vositalardir. Inson sezgilari
uning ongidan tashqaridagi ob’ektiv olamning in’ikosini hosil qiladi. Ob’ektiv
1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”,1993.-174-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |