Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

274
 
olmaydi. Buning sababi shuki, tabiat cheksiz, u to’xtovsiz harakat qilishda, 
rivojlanishda, o’zgarishda. Inson bilimi esa hech qachon moddiy olamni butunlay 
qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham inson bilimining mutlaq haqiqatga 
yaqinlashuvi nisbiydir. Bundan bizning hamma bilimlarimiz nisbiy ekan, ularda 
ob’ektiv mazmun yuq ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Har qanday 
haqiqat nisbiyligiga qaramay unda mutlaq haqiqat elementlari saqlanadi. Mutlaq va 
nisbiy haqiqatlarni bir-biriga qarama-qarshi qo’ymay, balki ularni ajralmas bir 
butun holda olib o’rganmoq zarur. 
Mutlaq va nisbiy haqiqatlarning dialektik munosabatini bilish dogmatizm, 
agnostitsizm, relyativizm va volyuntarizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega. 
Relyativizm inson bilimlarini nisbiy deb qarash bilan birga ob’ektiv haqiqatni 
butunlay inkor etadi. U bilish jarayoniga dialaktikani tatbiq eta olmaganligi uchun 
faqat nisbiy haqiqatni e’tirof etadi va uni mutlaqlashtiradi. Uning asl maqsadi 
mutlaq haqiqatni, shu bilan birga ob’ektiv haqiqatni inkor etishdir. 
Inson ob’ektiv olamni o’z amaliy faoliyatida ma’lum tarixiy va ilmiy 
imkoniyatlar asosida biladi, imkoniyat esa hamma vaqt to’la bo’lmaydi. Ilmiy 
haqiqatlar aniq tarixiy sharoit bilan bog’liq bo’lib, aniq shaklda namoyon bo’ladi. 
SHuning uchun haqiqat mavhum emas, aniq bo’ladi. 
Haqiqat mezonini nima tashkil etadi? degan savol bilish nazariyasining 
murakkab masalasi bo’lib hisoblanadi. 
XVII asr ingliz faylasufi F.Bekon haqiqatning asosiy mezonini 
eksperimental tajriba tashkil etadi, degan g’oyani ilgari surgan edi. Uning fikricha, 
“barcha isbotlar ichida eng yaxshisi - tajribadir, agarda u barcha sinovlar ichida o’z 
predmet mohiyatidan chiqmagan holda bo’lsa”. 
XVIII asr frantsuz faylasufi Didro ham tajribani haqiqatning asosiy mezoni 
deb hisoblagan edi. «Biz, - deb yozgan edi Didro, - uch asosiy izlanishlar 
vositasida o’rin egallaymiz: tabiatni kuzatishda, mushohada va tajribalar borasida. 
Kuzatish ma’lumotlar yig’indisidan, mushohada ularni mujassamlashtirishdan
tajriba esa mujassamlashgan fikrlarimizni tekshirib ko’rishdan iboratdir». 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling