Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

276
 
Uchinchidan, amaliyot haqiqatning oliy mezoni hisoblanadi. Insonning 
olam haqidagi bilimlari, uning amaliy faoliyatida isbotlanadi. Kundalik hayotda 
inson olam haqida bilimlarini oshiradi, maqsadiga bo’ysundiradi va uning 
haqiqiyligini tekshiradi. Agar biron narsa haqidagi tasavvur soxta bo’lsa, u holda 
undan foydalanish mumkinligi to’g’risidagi bizning mulohazalarimiz ham soxta 
bo’lib qoladi va undan foydalanish yo’lidagi har qanday urinish muqarrar ravishda 
muvafaqqiyatsizlikka olib keladi. 
Odamlarning bilimini amaliyot tasdiqlaydi yoki rad etadi. Amaliyot doim 
boyib taraqqiy etib turadigan jarayon. Agarda to’plangan bilimning haqiqiyligi 
mavjud amaliyotda tasdiqlanmasa, u kelajakdagi amaliyot bilan isbotlanishi 
mumkin. Ob’ektiv dunyoni bilishning o’zi ilgari qayd qilinganidek, ijtimoiy 
amaliyotdan kelib chiqqan, shuning uchun bilish jarayoni ijtimoiy-tarixiy amaliyot 
bilan bog’langan va unga suyanadi. 
Inson faoliyati, amaliyoti, olam haqidagi to’plangan bilimlarni isbotlab 
berganliklari haqida ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan, mexanik harakat 
issiqikka aylanadi, ya’ni ishqalanish natijasida o’t hosil bo’lgan, bu juda qadimiy 
kashfiyot. Ko’p yillardan keyin esa odamlar issiqliqdan mexanik harakat vujudga 
keltirish imkoniyatiga amaliyot asosida ega bo’ldilar. 
Yana bir misol. Nemis olimi A.Eynshteyn nisbiy nazariyasini yaratadi. 
Dastavval mazkur nazariya ilmiy bashorat tariqasida qabul qilingan bo’lsa, XX 
asrning ikkinchi yarmida sayyoralarga kosmik qurilmalarning parvoz etishi 
natijasida mazkur nazariya o’zining ilmiy isbotiga ega bo’ldi. 
Demak, har bir fan inson amaliy ehtiyoji natijasida kelib chiqadi, uning 
yordamida olamdagi narsa va hodisalar haqida to’plangan bilimlar amaliyot 
asosida tasdiqlanib haqiqat darajasiga ko’tariladi. 
6.4.Falsafada metod va metodologiya 
 
Olamdagi barcha narsa va hodisalar, unda sodir bo’layotgan jarayonlar





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling