284
yaqqol kurinib turibdi.
Shunday qilib, dialektika boy va chuqur nazariya bo’lib, ayni paytda borliqning
eng umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o’rganishga, ularni inson ongida atroflicha
aks ettirishga va dunyoni bilishga qaratilgan ta’limotdir. Bu uning bir vaqtda ham
mantiq, ham bilish nazariyasi ekanligidan dalolat beradi.
Dialektika olamdagi barcha tafakkur va hodisalarning o’zaro bog’liqligi va
aloqadorligi, o’zgarish va rivojlanishining sabablari va mohiyatini ochib beradigan
ilmiy metodologik usuldir.
Falsafa tarixida turlicha tafakkur uslubi haqiqatni ochib bera oladigan universal
uslub o’rnini bosishga harakat qilar edi. Lekin ularning hammasi ham tarixiy taraqqiyot
jarayonida davr talabiga javob bera olmagandilar. Sofistik tafakkur ham shular
jumlasidandir. Antik dunyoda shakllangan sofistik tafakkur o’rta asrlarda, ayniqsa,
keng taraqqiy qildi. Dastlabki davrlarda qadimgi Yunonistonda biron-bir sohani,
jumladan hunar, musiqa va hokazolarni mukammal egallagan kishilarni sofistlar deb
atardilar. Keyinchalik esa bu so’z asta-sekin boshqacha mazmun kasb eta boshladi:
notiqlik va donishmandlikda nom chiqargan faylasuflarni sofistlar deb atay
boshladilar.
Sofistlar tabiiy tilning qator kamchiliklari, jumladan, omonimiya, amfiboliya,
so’zlarni noto’g’ri bog’lash, ikki ma’noli talaffuz, fikrni ifodalashning gramatik
shakllari va h.k. foydalanib, g’ayri Haqiqat niqobi ostida haqikiy bilimlarni yolg’on
bilan almashtirishga urinadilar.
Sofistika atamasi, Forobiyning ta’kidagi ko’ra, suf (donolik) hamda istiyas
(yolg’on) so’zlaridan olingan bo’lib, «Soxta donolik» ma’nosini anglatadi. «Sofist,
— deb yozgan edi Forobiy, — (borliqqa) teskari bo’lgan (yo’q) narsalarni tasavvur
qilishga majbur etish orqali tinglovchini adashtiradi, shunday qilib u (tinglovchi) bor
narsani yo’q mavjud bo’lmaganni mavjud, deb tasavvur qiladi»
1
.
Sofistik tafakkur, Forobiy fikricha, o’ziga xos usullardan tashkil topgan
1
Ал-Фараби. Диалектика. Историко-философские трактаты – Алма-Ата: “Наука”,1985.-С.
531.
Do'stlaringiz bilan baham: |