Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX
286
Ilmiy bilishning asosiy maqsadi tabiatdagi narsa va hodisalar mohiyatini bilishdan iborat. Shuning uchun ham narsalarni o’rganishda metafizik usul dastlab tabiatshunoslik zaminida tarkib topa boshlagan. Sofistik tafakkurga qarshi o’laroq vujudga kelgan metafizik usul fan rivojlanishi tarixida o’ziga yarasha ijobiy rol o’ynagan. Tabiatshunoslik yig’ma, to’plovchi fan sifatida ko’ringan davrlarda narsalarni o’rganish metodi bo’lgan metafizika mavjud voqelikda alohida olingan narsalar haqidagi juda ko’p aniq materiallarni to’plashda olimlarga yordam berdi. Tabiatdagi aniq narsa yoki jarayonlarni bilmasdan turib, dunyoning umumiy ko’rinishi to’g’risida tasavvur qilish mumkin emas. Tabiatdagi narsalarni mukammal o’rganish, ularning mohiyatini chuqurroq ochib borishga intilish — metafizik tafakkur uslubining ijobiy tomonini tashkil etadi. Uning ulkan tarixiy haqqoniyligi ham shundadir. Bu shu bilan tavsiflanadiki, metafizik tafakkur uslubidan faqat tabiatshunoslargina emas, balki XVII-XVIII asr faylasuflari ham unumli foydalanganlar. Metafizik tafakkur uslubining xususiyati shundan iboratki, tabiatdagi narsa va hodisalarni bir-biridan ajralgan va harakatsiz holda olib qaraydi. Bunday fikrlash, kundalik, odatdagi turmush miqyosida ma’lum darajada muvofiq kelsada, haqiqiy ilmiy bilishda esa nomuvofiqdir, chunki bizni o’rab turgan har bir narsa voqelikdagi boshqa narsalar bilan o’zaro chambarchas bog’langan va ular uzluksiz harakatda, o’zgarishda, rivojlanishdadir. Har qanday jonli mavjudot ham ma’lum vaqtda o’z mohiyatini saqlab tursa, ma’lum vaqtda saqlay olmaydi: chunki, tashqi muhitdan olgan hayotiy zaruratni qayta ishlab, o’zidan boshqa modda chiqaradi. Har bir daqiqada ba’zi bir hujayralar o’z faoliyatini tugatsalar, ba’zi birlari esa o’z faoliyatlarini yangidan boshlaydilar. Shu tariqa oz yoki ko’p vaqt davomida organizm tarkibidagi moddalar yangi atomli moddalar bilan almashinadi. SHuning uchun ham organik mavjudot yoki jism bir paytda ham shu joyda, ham shu joyda bo’lmaydi. Ammo shu tahlitda tushunish metafizik tafakkur g’ayri ilmiy bir tomonlama, cheklangan tafakkur uslubidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling