285
bo’lib, ular o’rganilishi lozim bo’lgan narsalarni o’rganishda aqlni to’g’ri yo’ldan
chalkashtiradi va yolg’onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qiladi, o’rganmoqchi
bo’lgan kishini to’g’ri yo’ldan adashtiradi.
Forobiy mantiq qonunlariga qat’iy bo’ysuniladigan bo’lsa, inson aqli sofistik
tafakkurdan halos bo’lishi mumkin, deb ta’kidlagan edi. «Sillogizmlarni
o’rganadigan bo’lsak, narsalarning bir-birlaridan farqlarini ishonch bilan topa
olamiz va agar biz e’tirof kilsak, munozaralarda anglashilmovchiliklarga va
chalkashliklarga yo’l qo’ymaymiz»
1
.
Ko’rinib turibdiki, sofistik tafakkur tushunchalar, so’zlar va ular
ma’nolarining ikkiyoqlamaligidan kelib chiqar ekan, demak u o’z-o’zidan kelib
chiqmagan, uning o’ziga xos gnoseologik ildizlari bor.
Ma’lumki, inson tushunchalari harakatchan, o’zgaruvchan, ixcham, o’zaro
aloqador, ziddiyatli, biri ikkinchisiga o’tib turadi. Agar ana shu tushunchalar
ixchamligidan inson tomonidan o’z holicha, sub’ektiv foydalanilsa, osongina
sofistikaga og’ib ketish mumkin.
Sofistik tafakkurda bir xil tushunchalar, so’zlar, iboralarning boshqalari bilan
formal bog’lanish zaruriyati birinchi galdagi vazifadir. Bu aslida ma’nosiz
tushunchalar o’yinidan boshqa narsa emas. Sofistik tafakkur predmetli asosga ega
bo’lgan so’zlar, tushunchalar bilan. Shuning uchun ham u (sofistika) tushunchalar
doirasi bilan chegaralanib qoladi. F.Bekon ta’biri bilan aytganda, sofistlar haddan
tashqari mahmadonadirlar, amalda esa ulardan hech qanday naf yo’q. Sofistik
tafakkur formal ta’riflar bilan cheklanganligi uchun ham u narsalar taraqqiyotini
boshqaradigan chuqur ichki jarayonni tushunishga qodir emas.
Muhokama yuritilayotgan narsaning moddiy asosini hisobga olmaydigan
mavhum tushunchalardan iborat sofistik tafakkurdan farqli o’laroq, metafizik
tafakkur, asosan, narsalar bilan fikr yuritadi. Mana shu ma’noda tafakkurning
metafizik uslubi sofistik tafakkurni inkor etadi.
1
Ал-Фараби. Логические трактаты.-Алма-Ата, 1975.- стр.-438.
Do'stlaringiz bilan baham: |