Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

287
 
Tabiiy ilmiy bilish doirasida metafizika shunday o’rganish usuliki, tabiatdagi 
narsalarni bir-biridan alohida-alohida harakatsiz, qotib qolgan holda o’rganadi. 
Falsafiy tafakkur usuliga aylangan metafizika biroz keng ma’noda, ya’ni 
dialektikaga zid usul sifatida qo’llanila boshlaydi. Metafizika ana shu tariqa ko’p 
tomonlariga ega, uni tadqiq etish ilmiy bilish va amaliyotda muhim ahamiyatga ega. 
Eklektika ham tafakkurlash uslublaridan bo’lib, dastlab yunon falsafasining 
oxirgi bosqichlarida yuzaga kelgan. Eklektik tafakkur uslubi o’rta asr va yangi 
zamon falsafasida keng qo’llangan. Hozirgi zamonda ham eklektikaning turli 
ko’rinishlari bir-biriga zid narsalarni kelishtirishga qaratilgan urinishlarida ham 
namoyon bo’lmoqda. 
Eklektika («tanlayman» — degan yunon so’zidan olingan) muhim va muhim 
bo’lmagan, asosiy va ikkinchi darajali bog’lanishlar o’rtasidagi farqni hisobga 
olmaydigan, narsalarning turli-tuman, ko’pincha qarama-qarshi tomonlarini, 
tamoyilsiz qo’shib yuboradigan usuldir. Eklektika narsa va hodisalarning turli 
tomonlari va xossalarini mexanik ravishda biriktiradi va «bir tomondan», «ikkinchi 
tomondan» degan usulga amal qiladi. Ob’ektiv dunyo narsa va hodisalardagi aloqa 
va munosabatlar majmuidan aniq tarixiy aloqadorlikda, aniq harakatda, o’zgarish va 
rivojlanishda asosiy hal qiluvchi aloqadorlikni ajrata bilmaslik, eklektik 
tafakkurning asosiy metodologik nuqsonidir. 
Dialektik tafakkur uslubi yo moddiy asosidan ajratilgan quruq tushunchalarni 
bir tomonlama bo’rttiruvchi yoki narsalar tushunchalarning harakati dialektikasini 
hisobga olmaydigan sofistik va metafizik tafakkur uslubidan farq qilib, narsalar va 
ularning fikriy obrazlarini uzviy birlikda olib qaraydi. Shuning uchun dialektik 
tafakkur sofistik hamda metafizik tafakkurga xos kamchiliklardan holidir. Bunday 
tafakkur uslubi, turli munosabatlarda bo’lgan turli narsa va tushunchalarni 
tamoyilsiz va tasodifan birlashtiruvchi eklektik qarashga ham tubdan qarama-
qarshidir. Dialektik tafakkurda narsalar bilan ularning mantiqiy obrazlari bo’lgan 
tushunchalarning ayniyligi, bilishning tabiiy harakat formasi bo’lib, bunda sub’ektiv 
dialektika ob’ektiv dialektikaning in’ikosi sifatida namoyon bo’ladi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling