Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

290
 
cheksiz jarayondir. Bilish jarayoni eskirib qolgan nazariyalarni yangi nazariyalar 
bilan almashtirish, eski nazariyalarni aniqlash, ob’ektning yangi-yangi tomonlarini 
ochishdir. 
Bilish murakkab ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda bilimlarimiz to’la va 
mukammal bo’lishi uchun ma’lum bir yo’lni bosib o’tadi. Bu yo’l bilmaslikdan 
bilishga o’tish yo’lidir. Bu yo’l orqali inson o’z aql va idroki bilan o’z amaliy 
faoliyati jarayonida voqea, olam, predmet va hodisalarni, ularning mohiyatini 
bilishga intiladi, izlanadi. 
Voqelik hodisalarini bilish oddiy hayotiy tirikchilik uchun yo’l topish emas, 
balki ilmiy tadqiqot yo’li bilan izlanishlar natijasida yangi bilimlarning vujudga 
kelishidan iboratdir. 
Ilmiy bilish olim va tadqiqotchi tomonidan olib boriladigan izlanishlar 
asosida amalga oshiriladigan, uzoq davom etadigan jarayonlarni o’z ichiga oladi. 
Tadqiqotchi izlanish orqali o’zi tadqiq etayotgan ob’ektning yangi yo’nalishlari, 
avval aniq bo’lmagan yangi sifatlari, tomonlarini aniqlaydi yoki ochadi. Har 
qanday ilmiy izlanishning maqsadi va vazifasi biror ilmiy muammoni hal 
qilishdan, yechimini topishdan iboratdir. 
Ilmiy muammo nima? “Muammo” arabcha so’z bo’lib, masala, vazifa 
ma’nolarini ifodalaydi. Muammo ilmiy bilim tizimida bilib olinmagan va hal 
qilinmagan, lekin bilish va hal qilinishi mumkin bo’lgan bilish shaklidir. SHuni 
ta’kidlash lozimki, kundalik hayotda muammoni savol yoki masada bilan 
aralashtirib yuborish hollarini uchratamiz, ilmiy bilishning shakli bo’lgan 
muammo savol va masaladan farq qiladi. Savol yoki masalaning o’ziga xos 
xususiyati shuki, savolga javob berish, masalani yechish doimo oldingi bilim 
asosida amalga oshadi, lekin muammoni oldindan hosil qilingan bilimlar doirasida 
turib hal qilib bo’lmaydi. Buning uchun yangi dalillar, ma’lumotlar to’plash, ularni 
yangicha izohlash uchun eski bilim doirasidan chiqish talab qilinadi. 
Ilmiy tadqiqot jarayonida bunday vaziyat muammoli vaziyat hisoblanadi. 
Muammoli vaziyat bilishdan bilmaslikka va undan bilishga borish jarayoni bo’lib, 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling