Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

298
 
o’xshashlik, muvofiqlik yotadi. Modellashtirish usuli ilmiy tadqiqot jarayonini 
yengillashtiradi, ba’zi hollarda murakkab ob’ektlarni o’rganishning yagona vositasi 
hisoblanadi. Bu usul o’rganish qiyin bo’lgan ob’ektlarni tadqiq etishda 
qo’llaniladi. Masalan, yirik fizik Borning atom modeli atomning murakkab 
xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Bu usul ob’ektning faqat ma’lum 
xususiyat va munosabatlarinigina emas, balki yangi xususiyat va munosabatlarini 
ham aniqlash usuli hisoblanadi. 
Modellar ikki xil: moddiy va g’oyaviy bo’lishi mumkin. Moddiy narsalardan 
yasalgan modellar moddiy modellar deyiladi. Bu modellar ob’ektlarning taraqqiyot 
jo’shqinligini, ularning mohiyatini ifodalovchi zaruriy, qonuniy aloqalarni
munosabatlarni qayta hosil qiladi. G’oyaviy modellar esa g’oya shaklida mavjud 
bo’lishi mumkin. Masalan, matematik modellash fizik jarayonlarning matematik 
ifodalaridir. Matematik modellash ob’ektiv yaxlit tekshirish va tadqiq ko’lamini 
o’rganish imkonini beradi. Kibernetik moslamalar, EHMlar shu usul asosida 
vujudga kelgan. 
Hozirgi ilmiy bilish jarayonida keng qo’llaniladigan usul — tizimlash 
usulidir. Murakkab ob’ektlarni ilmiy bilishda bu usul qo’llaniladi. Tizimli usullash 
o’z ichiga muayyan tarzda o’zaro bog’langan va bir qadar yaxlitlikni tashkil 
etadigan unsurlar majmuini o’rganishni oladi. Bu usul asosida o’rganilayotgan 
yoki izlanayotgan ob’ektning boshqa ob’ekt bilan umumiy bog’lanishlari, 
munosabatlari ochiladi. Har bir tadqiq ob’ekti va uni tashkil etuvchi unsurlar bir 
butun tizim deb olinsa, shu tizimni tashkil etuvchi har bir usul bir-biri bilan 
o’zining tutgan o’rni, vaqti va imkoniyatlariga ko’ra funktsional bog’langan. Bu 
unsurlardan birining o’zgarishi ikkinchisining ham o’zgarishiga olib keladi. 
Shuning uchun ham bu unsurlarni o’rganish tizimlash usuliga asoslanadi. Har bir 
tizimni o’rganishda uni boshqa tizimlar bilan birgalikda olib qarash kerak. Lekin 
bu tizimlarni birdaniga, bir vaqtda bilish mumkin emas, lekin ularni bilish, bir-
biridan ajratish, o’zaro bog’liqlikda olib qarash mumkin. 
Ilmiy bilishning empirik darajasi uch bosqichdan iborat bo’lib, uning 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling