Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti g. Tulenova, D. Sagdullaeva


Download 4.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/463
Sana19.10.2023
Hajmi4.43 Mb.
#1709820
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   463
Bog'liq
Z0m2Y3xIsiTPCBv4SIeXYLrHBdo5K7T8Eh3vfQpX

295
 
narsa va hodisalar haqida chuqur va mukammal bilimlarga ega bo’ladilar. 
Ilmiy bilishning empirik va nazariy darajalari bir-biridan olamdagi narsa va 
hodisalarni o’rganish jarayonida foydalanadigan ilmiy usullari bilan ham 
farqlanadi. 
Ilmiy bilishining empirik darajasida quyidagi usullar keng qo’llaniladi: 
kuzatish, o’lchash, taqqoslash, ilmiy tajriba (eksperiment). 
Kuzatish — voqelikdagi narsa va hodisalarning muayyan maqsadga 
muvofiq qaratilgan hissiy bilish usulidir. Kuzatishning qay darajada bo’lishi 
qo’yilgan maqsadning aniqligiga, kuzatilayotgan narsa va hodisalar haqida 
oldindan bilimga ega bo’lishiga bog’liqdir. Kuzatishda sub’ekt asboblardan 
foydalaniladi. Asbob kuzatish darajasini kengaytiradi, kuzatilayotgan narsani idrok 
qilish qobiliyatni kuchaytiradi. Kuzatish bevosita (asbobsiz) yoki vositali (asbob 
bilan) olib boriladi. Kuzatish jarayonida sub’ekt ob’ektning miqdor va sifat 
jihatlarini in’ikos ettiradi va aniqlab oladi. 
O’lchash — bilish jarayonida narsaning miqdor tavsifnomasini aniq lash 
usulidir. O’lchov odatda o’rganilayotgan predmetni aniq qayd etilgan xossa va 
belgilarga ega bo’lgan boshqa biror bir predmet bilan nisbatlash yo’li orqali 
amalga oshiriladi. O’lchash usuli orqali predmetlarning xossalarini, masalan, 
mustahkamligini, murakkabligini va boshqa tomonlarini aniqlash mumkin. 
Taqqoslash — bilish faoliyatida tatbiq qilinadigan usul bo’lib, bilimlarning 
shakllanishi, rivojlanishida alohida bir bosqichdir. Ob’ektiv reallikdagi narsa va 
hodisalarni «qayta o’rganish» jarayonida ma’lum bo’lgan bilimlar bilish 
operatsiyasi bajarilayotgan vaqtda olingan bilimlar bilan taqqoslanadi. Izlanuvchi 
avvalgi ma’lum bilimlarga tayangan holda izlanayotgan ob’ektga xos bo’lgan 
o’xshash va farqli tomonlarni taqqoslash orqali aniqlaydi. Bu usul ma’lum 
darajada fizika, matematika, kimyo, geologiya, biologiya va boshqa fan sohalarida 
keng qo’llaniladi. Taqqoslash bir narsa yoki hodisaning ikkinchi bir narsa yoki 
hodisadan farqli va o’xshash tomonlarini hamda ularning munosabatlarini 
o’rganish usuli hisoblanadi. 





Download 4.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling